Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ko‘magida Ozarbayjonning mashhur “Xazar” telekanalining "Anʼana bogʻchasi" ko‘rsatuvi o‘zbek to‘y an’analariga bag‘ishlangan ko‘rsatuv tayyorlamoqda.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyatida boʻlib, mintaqadagi Ozarbayjon diasporasi hisoblangan Respublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat markazi raisi Azizogʻa Bayramov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda milliy madaniyatimizni targʻib etish, Sirdaryo viloyatidagi mahalliy diaspora tashkiloti faoliyati, hamkorlik masalalari, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

2023 yil ‒ “Haydar Aliyev yili” munosabati bilan qoʻshma tadbirlar, Sirdaryo viloyatida mahalliy ozarbayjonlar uchun Ozarbayjon sanʼat ustalarining doʻstlik konsertini tashkil etish boʻyicha kelishuvlar muhokama qilindi va kelishib olindi.

Qayd etish joizki, tashrif doirasida Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasi hamda koʻmagi ila Ozarbayjonning mashhur “Xazar” telekanalining “Ənənə boğçası” (Anʼana bogʻchasi) koʻrsatuvi Sirdaryo viloyatida boʻlib, toʻy marosimida ishtirok etdi va oʻzbek toʻy anʼanalariga doir koʻrsatuv tayyorladi.

Bundan tashqari, suratga olish guruhi va Ozarbayjon madaniyat markazi vakillari mintaqadagi mahalliy Ozarbayjon oilalarining mehmoni boʻldi. Ular bilan boʻlib oʻtgan qizgʻin suhbat tasvirga olinib, tarixga muhrlandi.

15.03.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint