XABARLAR 2023
O'zbekiston universitetlarida ozarbayjonlik olimlarning ma'ruzalari tashkil etilib, o'quv dasturlariga Ozarbayjon tarixi va adabiyoti mavzulari kiritiladi.
O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti prorektori Firuza Ikramxonova, universitet professori, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati Ijrochi direktori Erkin Nuriddinovni qabul qildi.
Uchrashuvda Haydar Aliyev yili doirasida O'zbekistonda o'tkazilgan tadbirlar va loyihalar, Toshkent Davlat Pedagogika universitetida ozarbayjonlik talabalar uchun imtiyozli qabul tartibini yaratish, Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy nomidagi Do'stlik markazini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ozarbayjon madaniyati markazi ko'magida joriy yilning aprel oyidan boshlab Ozarbayjon tarixi, madaniyati, adabiyoti mavzularini Toshkent Davlat Pedagogika universiteti o'quv dasturiga kiritish, ozarbayjonlik mutaxassislar, olimlarning Ozarbayjon tarixi, adabiyoti mavzusida ochiq ma'ruzalarini tashkil etish masalalari muhokama qilinib, kelishuvga erishildi.
Tomonlar O'zbekistonda Ozarbayjon madaniyati haftaligi doirasida loyihalar hayotga tatbiq etilib, tadbir o'tkazish rejalashtirilib, shuningdek, xalqlarimizning milliy bayrami hisoblangan Navro'zga bag'ishlangan tadbirni birga o'tkazish nazarda tutilmoqda.
17.03.2023