Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkenda 20-yanvar fojiasi qurbonlarining xotirasi yodga olindi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida 20-yanvar fojiasiga 33-yil toʻlishi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.

Avvalo, tadbir ishtirokchilari Madaniyat Markazi qarshisidagi umummilliy lider Haydar Aliyev byusti va “Shahidlar bogʻi”dagi obida-kompleksni ziyorat etib, ularning poyiga gulchambarlar qoʻyishdi.

Madaniyat Markazi foyesida davom etgan tadbirda Ozarbayjon Elchixonasining, Madaniyat Markazi vakillari, “Oʻzbekiston-Ozarbayjon” Doʻstlik Jamiyati aʼzolari, mamlakatning ilm, madaniyat va sanʼat xodimlari, mahalliy ozarbayjonlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Markaz foyesida 20-yanvar fojiasini aks ettirgan stendlar, kitob hamda rasmlardan iborat koʻrgazma namoyish etildi.

Undan soʻng, Ozarbayjon ozodligi va suvereniteti uchun halok boʻlganlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov 20-yanvar fojiasi Ozarbayjon istiqloli yoʻlidagi ogʻir sinov boʻlgani va xalqimizning qahramonligini butun dunyoga namoyish etganini taʼkidladi.

U Ona yurtining daxlsizligi, Ozarbayjon suvereniteti, Qorabogʻda boshlangan separatistik harakatlarga qarshi norozilik bildirgan xalqimiz shu kunlarda tariximizning haqiqiy qahramonona sahifasini yozganiga urgʻu qaratdi. Samir Abbasovning taʼkidlashicha, tariximizning shonli sahifasi va gʻurur kuni sifatida qabul qilingan 20-yanvar hodisalari vatandoshlarimizni, yurtdoshlarimizni yanada birlashtirib, ularning kurashchanligini yanada orttirganini qayd etdi.

U bu hodisalar davomida Ozarbayjon axborot blokadasi ostida boʻlgani, xalqimizning ovoziga kuch bergan buyuk rahbar Haydar Aliyev Sovet rahbariyatiga oʻzining keskin eʼtirozini bildirgani, Ozarbayjonning bu shahardagi Ozarbayjon vakolatxonasiga tashrif buyurib, voqealar haqidagi bayonotlarini hech qachon unutmasligini taʼkidlagan edi.

“Oʻzbekiston-Ozarbayjon” Doʻstlik Jamiyatining ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinovning qayd etishicha, Sovet armiyasining boʻlinmalari oʻsha kecha Boku shahriga ogohlantirishsiz kirib kelishdi va tinch aholiga jangovar mashinalar, tanklar, pulemotlar, avtomatlar va boshqa qurollardan oʻq uzildi, odamlar oʻldirildi, va bu chinakam xiyonat edi. Ozarbayjon xalqining kurashi, oʻz yurtiga, Vataniga sadoqati haqida gapirar ekan, shahidlar qoni evaziga Ozarbayjon bugun mintaqa va dunyoning obroʻli va tanlangan davlatiga aylangani urgʻulandi.

Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi kotibi Bugʻra Dogʻan Ozarbayjon xalqining ozodlik va mustaqillik uchun olib borgan qahramonona kurashi haqida toʻxtalib, 20-yanvar voqealari paytida Bokuda sodir etilgan zoʻravonliklarni qoraladi va bunday qonli voqealar takrorlanmasligini tiladi.

Ozarbayjon-Turkiya-Oʻzbekiston ishbilarmonlari uyushmasi rahbari Ruslan Imonzoda imperiya qoʻshinlari tomonidan Bokuda uyushtirilgan qirgʻin tashkilotchilari va ijrochilari Ozarbayjon xalqining qarshilik hissini sindira olmagani, qahramon xalqimizning qahramonligi natijasida 28-yildan soʻng Vatan tuproqlari ozod etilganini qayd etdi.

Tadbir davomida 20-yanvar hodisalariga bagʻishlangan videomaterial yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

20.01.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint