Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

OCEP loyihasi doirasida Boku shahridagi 53-umumtaʼlim maktabi delegatsiyasi Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurdi.


Ozarbayjon Fan va Taʼlim vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilayotgan OCEP loyihasi doirasida joriy yilning 21-25 mart kunlari Boku shahridagi 53-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilari va iqtidorli oʻquvchilaridan iborat delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Loyiha Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi tomonidan amalga oshirilganini qayd etish joiz.

Safar davomida Boku shahridagi 53-umumtaʼlim maktabi delegatsiyasi Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida ham boʻldi.

Xususan, maktab direktori Tunzala Zeynalova rahbarligidagi oʻqituvchi hamda oʻquvchilardan iborat jamoa, Milliy Olimpiya Qoʻmitasi Xalqaro Dasturlar Boʻlimi maslahatchisi Jayhun Rahmonov, OCEP loyihasi koordinatori Namig Jafarovlar Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar Ozarbayjon Madaniyat markazida joylashgan Umummilliy Lider Haydar Aliyev byusti va Shahidlar xotira kompleksini ziyorat etishdi.

Delegatsiyani Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov qabul qildi. Diplomat mehmonlarga madaniyat markazi faoliyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berar ekan, milliy Lider Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat markazining Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstlik aloqalari va madaniy munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi faoliyati haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Delegatsiya Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat markazida ochilgan Ozarbayjon-Oʻzbekiston Doʻstlik muzeyi, shuningdek, Haydar Aliyev, Ozarbayjon tarixi va Gilam muzeylari bilan ham tanishdilar.

Boku shahridagi 53-umumtaʼlim maktabi direktori Tunzala Zeynalova ramziy maʼnoda Ozarbayjon Madaniyat markaziga Ozarbayjon xalqining Umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligi aks ettirilgan gilam-portretni sovgʻa qildi. Shu bilan birga, markaz direktori Samir Abbasov 53-maktabda tashkil etilgan Oʻzbekistonga oid burchakka XIX asrda yashagan atoqli ozarbayjon shoiri Xurshidbonu Notavonning sheʼrlarining oʻzbek tilidagi nashrini tuhfa qildi.

Soʻngra, Madaniyat markazining anjumanlar zalida Boku shahridagi 53-umumtaʼlim maktabining iqtidorli oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi. Bolalarcha begʻuborlik ila milliy raqslarimiz ijro etilib, fortepianoda Ozarbayjon va Oʻzbekistonning milliy madhiyalari, Ozarbayjon bastakorlarining asarlarini ijro etishdi.

53-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Tunzala Zeynalova hamda Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon va Oʻzbekiston xalqlarini birlashtirgan anʼanalar, umumiy madaniyat va qadriyatlar haqida soʻzlab, kelgusida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha oʻz fikr va takliflari bilan oʻrtoqlashdi.

Safar doirasida Boku shahridagi 53-umumtaʼlim maktabi jamoasi Toshkent shahridagi Prezident Maktabida ham boʻlib, bu yerda yaratilgan taʼlim imkoniyatlari, maktabning ilgʻor tajribalari bilan tanishishdi.

Ozarbayjon oʻrta maktabi boʻlgan Boku shahar 53-sonli oʻrta maktabi ila Oʻzbekistonning Toshkent shahridagi Al Beruniy nomidagi Xalqaro oʻrta maktablari oʻrtasida bilan birinchi marta Qardoshlashgan maktablar toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanishi koʻzda tutilmoqda.

24.03.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint