Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekiston Davlat televideniyesida umummilliy lider Haydar Aliyevga bagʻishlangan koʻrsatuv namoyish qılındı.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi hamda Oʻzbekiston Davlat televideniyesi qoʻshma loyihasi asosida “Haydar Aliyev yili” munosabati bilan “Manbalar soʻzlaganda” nomli koʻrsatuv Ozarbayjon umummilliy lideri, Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstligi va davlatlar oʻrtasidagi munosabatlar mustahkamlanishiga beqiyos hissa qoʻshgan Haydar Aliyevga bagʻishlandi.

Dastur boshlovchisi Dildora Hasanova mustaqil Ozarbayjon meʼmori, fenomen shaxs Haydar Aliyevning sovet davrida ham, Ozarbayjon mustaqillikka erishganidan keyin ham xalq va Vatan oldidagi xizmatlariga urgʻu qaratib, buyuk rahbarning Oʻzbekistonga qilgan tashriflari, mustaqil Ozarbayjon-Oʻzbekiston orasidagi munosabatlarning yuksak darajaga olib chiqqani haqida toʻxtalib oʻtdi.

Dasturda ishtirok etgan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov umummilliy lider Haydar Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati hamda koʻp tarmoqli faoliyati haqida gapirib, Haydar Aliyev ila Oʻzbekiston davlat rahbari Sharof Rashidov, Birinchi prezident Islom Karimov oʻrtasidagi yaqin doʻstona aloqalarni qayd etdi, ushbu buyuk shaxslar tashabbusi bilan yirik oʻtkazilayotgan madaniy tadbirlar oʻzbek va ozarbayjon xalqlarining mustahkam doʻstligi, birodarligining yorqin ifodasi ekanini taʼkidladi.

Samir Abbasov sobiq SSSRdagi Turkiya va musulmon respublikalariga qarshi adolatsiz provokatsiyalar fonida Haydar Aliyev oʻz xalqi, shuningdek, qardosh xalqlar manfaatlarini doimo himoya qilgani, O'zbekiston bilan munosabatlarga alohida ahamiyat qaratganini qayd etdi.

Uning bildirishicha, Ozarbayjon mustaqillikka erishganidan keyin dastavval Oʻzbekiston bilan davlatlararo aloqalar oʻrnatib, Ozarbayjonning Toshkentdagi elchixonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyishni maqsad qilgan. Diplomat Haydar Aliyevning munosib vorisi boʻlgan prezident Ilhom Aliyev tomonidan ham muvaffaqiyatli siyosat davom etayotgani va munosabatlarimiz yangi– strategik sherikchilik bosqichiga olib chiqilganiga alohida eʼtibor qaratdi.

Oʻzbek tarixchi-jurnalisti Shuhrat Salamov ozarbayjon va oʻzbek xalqlarini birlashtiradigan koʻplab qadriyatlar mavjudligi, Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri Haydar Aliyevning saʼy-harakatlari bilan Sovet davrida Ozarbayjonda Oʻzbekiston, Oʻzbekistonda esa Ozarbayjon madaniyati kunlari tashkil etilganini qayd etdi.

U Haydar Aliyev Oʻzbekistonni, hatto Sovet rahbariyati vakili sifatida ham doimo qoʻllab-quvvatlab kelganiga urgʻu qaratib, oʻzbek xalqi Haydar Aliyevning bu xizmatlarini unutmasligini va uning nomi qardosh mamlakatda abadiylashtirilganligini taʼkidladi. Shuhrat Salamovning aytishicha, bugun Toshkentda Haydar Aliyev nomi bilan atalgan koʻcha, katta bogʻ maydoni hamda eng muhimi, Ozarbayjon Madaniyat markazi faoliyat yuritib, Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstligi, hamkorligi, madaniy aloqalarini mustahkamlash boʻyicha muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirmoqda, bu albatta, sharafli va tahsinga sazovordir.

Filmda Haydar Aliyevning siyosiy faoliyatiga nazar solgan jurnalist Dildora Hasanova uning orzulari ushalgani, turkiy davlatlar oʻrtasida birodarlik va hamjihatlik rivojlanib borayotganini bildirdi. U Haydar Aliyev merosini Oʻzbekistonda targ'ib qilish va uning nomi bilan atalgan Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan ikki xalq, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ham soʻzlab, Ozarbayjon Madaniyat Markazidagi Haydar Aliyev muzeyidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashdi.

28.03.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint