Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
1 2 3 4 5 6 7
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda Ozarbayjonning taniqli bastakori Fikrat Amirovga bagʻishlangan muhtasham konsert dasturi boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi koʻmagida Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasining katta zalida Ozarbayjonning atoqli bastakori, SSSR xalq artisti, dunyoga mashhur bastakor Fikrat Amirovga bagʻishlangan “Sevgimiz samosi” simfonik konserti boʻlib oʻtdi.

Konsertda Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik Jamiyati rahbariyati, madaniyat va sanʼat namoyandalari, Toshkentdagi oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Dastavval, konsert rejissori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat xodimi Andrey Slonim Fikrat Amirov ijodi haqida gapirib, uning merosi milliy musiqa sanʼati boyligi ekanini taʼkidladi. U mohir bastakorning sanʼat va xalq oldidagi fidokorona mehnati, u yaratgan betakror asarlar musiqiy merosning boy xazinasini bezab turganini qayd etdi. Rejissor Fikrat Amirov simfonik mugʻom janriga asos solgani, butun dunyoga mashhur boʻlgan unutilmas musiqiy asarlar yaratganiga toʻxtalib, konsertni oʻtkazishda koʻrsatgan yordami uchun Ozarbayjon Madaniyat Markaziga minnatdorchilik bildirdi.

Konsert Fikrat Amirovning mashhur “Shur” simfonik mugʻomi ila boshlandi. Xalqaro tanlovlar laureati Bobomurod Xudoyqulov boshchiligida O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi qoshidagi teatr ‒ studiyaning simfonik orkestri tomonidan Fikrat Amirovga shuhrat keltirgan asarlar ijro etildi.

Kechaning asosiy kompozitsiyasini Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Adiba Sharipova ijrosidagi arab mavzularidagi fortepiano va orkestr uchun konsert tashkil qildi. Adiba Sharipovaning ijro palitrasining xilma-xilligidan unumli foydalanilib, orkestr bilan birgalikda Sharqning buyuk madaniyatining rang-barangli, koʻp qirrali ekanini aks ettiruvchi ulugʻvor asar taqdim etildi.

Taʼkidlash joizki, tomoshabinlarga har bir musiqa asariga mos keladigan sahnalardan iborat videokliplar taqdim etildi. Taniqli bastakorning noyob asarlari ijro etilishi konsertning koʻtarinki ruhda, tomoshabinlar tomonidan koʻplab olqishlar bilan kutib olinishiga sabab boʻldi.

04.04.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint