Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda ilk marta “Shusha kunlari” tadbirlari oʻtkaziladi.


Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi tashabbusi bilan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida joriy yilning 11-12 aprel kunlari Oʻzbekistonda “Shusha kunlari” tadbirlari oʻtkaziladi.

Tadbirning asosiy maqsadi TURKSOY tomonidan Shusha shahrini Turk dunyosining Madaniyat poytaxti deb eʼlon qilish, shuningdek, Ozarbayjonning Qorabogʻ, Shushaning boy madaniyati, sanʼati, sheʼriyati, taniqli Shushaliklar, shaharning turizm imkoniyatini dunyoga tanitish hamda targʻib qilishdan iboratdir.

Toshkent shahrida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida boʻlib oʻtadigan “Shusha kunlari”ning rasmiy ochilish marosimida Shusha madaniyati, adabiyoti, sanʼati va tarixiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya, kitoblar taqdimoti, fotosuratlar va nashrlar koʻrgazmasi, Qorabogʻga oid milliy kiyimlar moda namoyishi, badiiy sheʼriy kompozitsiyalar va konsertlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

“Shusha kunlari”ning ochilish marosimida Ozarbayjon Madaniyat Markazi foyesida “Ozod va obod Shusha” fotokoʻrgazmasi namoyish etilib, Ozarbayjon Madaniyat Markazining katta anjumanlar zalida xalqaro konferensiya oʻz ishini boshlashi koʻzda tutilgan.

Xalqaro anjumanda Oʻzbekistonning davlat va hukumat vakillari, Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi jamgʻarmasi rahbariyati, Toshkentdagi Turkiy davlatlarning elchilari, diplomatlar, Oʻzbekistonning taniqli jamoat va madaniyat arboblari, koʻplab faxriy mehmonlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Soʻngra, ozarbayjonlik rejissor Ulviya Haydarova muallifligidagi Xurshidbonu Notavon haqidagi hujjatli film namoyishi boʻlib oʻtadi.

Tadbirning badiiy qismida ozarbayjonlik musiqachilar Nisbat Sardayeva, Rustam Muslimov, Elnur Salahovlardan iborat mugʻom triosi tomonidan Xurshidbonu Notavon gʻazallaridan iborat mugʻom asarlari taqdim etiladi. Bundan tashqari, Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon qizlari” Raqs Ansambli Shushaga oid milliy raqslarimizni ijro etadi.

Badiiy qismda Oʻzbekiston xalq artisti, “Yalla” ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirov va dunyoga mashhur “Oʻzbegim yoshlari” (Oʻzbek yoshlari) musiqiy guruhining rang-barang chiqishlari boʻlishi kutilmoqda.

“Shusha kunlari”ning ikkinchi kunida Oʻzbekistonning Turon kutubxonasida boʻlib oʻtadigan tadbirda Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik Jamiyati, Oʻzbekiston hamda Ozarbayjon Parlamentlari deputatlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Turon kutubxonasida “Shusha kunlari” tadbirlari doirasida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida ilk marta oʻzbek tiliga tarjima qilingan va nashr etilgan “Xurishidga yetar boshim” kitobining taqdimoti va o'zbek talabalari tomonidan Xurshidbonu Notavon sheʼrlaridan iborat adabiy-badiiy kompozitsiya boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekistonda “Shusha kunlari”da boʻlib oʻtadigan qator tadbirlar doirasida O'zbekiston Davlat Sanʼat va Madaniyat institutida ham tadbir tashkil etiladi. Koʻplab faxriy mehmonlar va rasmiylar ishtirok etadigan tadbirda Ozarbayjon hamda Turk dunyosining madaniy poytaxti Shusha haqida chiqishlar va taqdimotlar oʻtkaziladi.

Tadbirning badiiy qismida Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan yetti turk xalqining vakillaridan iborat “Yetti goʻzal” xalq cholgʻulari ansamblining konserti va ozarbayjonlik modelyer Gulnora Xalilovaning kiyimlaridan iborat Qorabogʻ viloyati, shuningdek, XVII asr oxiri XIX asr boshlarida Shusha shahrida urf boʻlgan ayollar liboslarining koʻrgazmasi ham tashkil etiladi.

Qayd etish lozimki, “Shusha kunlari” tadbirlarining davomi sifatida Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi ila Ozarbayjon madaniyati, shuningdek, Shusha haqidagi rang-barang kitoblar toʻplami Oʻzbekistonning yetakchi kutubxonalariga hadya qilinib, joriy yilning iyun oyida Shusha bilan tanishish, Shushaga oid koʻrsatuvlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekistonning nomdor telekenallari hamda ularning vakillarining Shushaga, shuningdek, ishgʻoldan ozod etilgan mintaqalarga Media turi tashkil etilishi rejalashtirilayotir.

08.04.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint