Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda oʻtkazilgan “Shusha kunlari” tadbirlari doirasida oʻzbek tilida Xurshidbonu Notavon asarlari nashrining taqdimoti boʻlib oʻtdi.


Shusha shahrining Turk dunyosining Madaniyat poytaxti deya eʼlon qilinishi munosabati bilan Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi tashabbusi va Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda oʻtkazilgan “Shusha kunlari” doirasida Toshkentdagi tarixiy Turon kutubxonasida Xurshidbonu Notavon asarlarining oʻzbek tilidagi tarjima nashrining taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbir ishtirokchilari avvalo, Turon kutubxonasida Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tashkil etilgan Shusha burchagi bilan tanishdilar. Ushbu burchakka Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi prezidenti Gunay Afandiyeva tomonidan Ozarbayjon hamda Qorabogʻga oid nashrlar sovgʻa qilindi.

Shundan soʻng mehmonlar Turon kutubxonasida repressiya qurbonlariga bagʻishlangan muzeyni ziyorat qilishdi.

Turon kutubxonasining katta majlislar zalida davom etgan tadbirni Oʻzbekistonning faxriy Madaniyat xodimi, kutubxona direktori Dildora Abduazizova kirish soʻzi bilan ochar ekan, Shusha kunlari tadbirlariga mezbonlik qilishayotganidan faxrlanishini qayd etdi.

Dildora Abuazizova Ozarbayjon-Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik munosabatlari, xalqlarimiz orasidagi tarixan yaqin qardoshlik aloqalari haqida gapirdi. U Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan birgalikda har yili Ozarbayjon tarixi, madaniyati, adabiyoti bilan bogʻliq loyihalarning amalga oshirilayotgani, kutubxonaning Shusha tumanidagi Markaziy kutubxona bilan qardoshlashgan kutubxonalar toʻgʻrisidagi shartnoma imzolagani, Shusha nafaqat Ozarbayjon, balki turkiy xalqlar madaniyatiga beqiyos hissa qoʻshib, Xurshidbonu Notavon ijodi Oʻzbekistonda katta qiziqish uygʻotayotganini taʼkidladi.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan “Shusha kunlari” tadbirlari haqida maʼlumot berib, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan yil davomida Shushaga doir amalga oshirilgan loyihalarga urgʻu qaratdi.

Shushaning Ozarbayjon uchun alohida ahamiyatga ega ekanini taʼkidlagan diplomat, uzoq yillar mobaynida arman istilosi ostida qolgan ushbu shaharda sodir etilgan vayronkorlik haqida gapirar ekan, bugungi kunda Ozarbayjon davlati tomonidan shaharni qayta tiklash va uning Turk dunyosining madaniyat poytaxtiga aylantirilishini gʻurur bilan taʼkidladi. Samir Abbasov oʻz nutqida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning “Shusha Ozarbayjon uchun milliy gʻurur, milliy oʻziga xoslik, madaniyat, sanʼat va tarixdir” degan soʻzlarini keltirdi.

Tadbirda chiqish qilgan Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi prezidenti Gunay Afandiyeva Turkiy davlatlar orasida kundan-kunga rivojlanib borayotgan aloqalar, xalqlarimiz oʻrtasidagi qardoshlik munosabatlariga toʻxtaldi. U koʻplab tarixiy obidalar bilan tanilgan, koʻplab shoiru mutafakkirlar vatani Shushaning Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti deb eʼlon qilinishini tarixiy hodisa deya atadi.

Gunay Afandiyeva oʻzi rahbarlik qilayotgan Fond hamda uning madaniyat sohasida amalga oshirayotgan bir qator loyihalari haqida maʼlumot berdi. U oʻtgan yili Turkiyaning Bursa shahrida tashkil etilgan “Shusha kunlari” loyihasi va bu yil ilk marta Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan tadbirlarning ahamiyatiga eʼtibor qaratdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar Uyushmasi raisining oʻrinbosari, el suygan shoir Gʻayrat Majid, tarjimon-shoir Shahlo Qosimova, yozuvchi-publitsist, Xurshidbonu Notavon haqidagi hujjatli film muallifi Ulviya Haydarova 2021-yilda Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan ikki asr avval Shushada faoliyat koʻrsatgan “Majlisi-Faromushon” sheʼriyat majlisining oʻzbek hamda ozarbayjonlik shoirlar ishtirokida qayta tiklanishi va Shushada har ikki oʻlka shoirlarining ishtiroki bilan bogʻliq majlislar taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar. Notiqlar Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga koʻra ulugʻ shoira Xurshidbonu Notavonning oʻzbek tiliga tarjima qilingan asarlaridan iborat “Xurshidga yetar boshim” kitobi haqida maʼruzalar bilan oʻrtoqlashishdi.

Taqdimot marosimida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik Jamiyati aʼzosi Gulbahor Saidgʻanieva ikki davlat rahbarlarining muvaffaqiyatli siyosati tufayli ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalar rivojlanib borayotgani haqida gapirib, madaniy aloqalar rivojidan mamnunligini bildirdi. Shushaning Ozarbayjon madaniy-adabiy muhitidagi oʻrni haqida toʻxtalar ekan, qorabogʻlik shoira Notavon hamda oʻzbek shoirasi Nodirabegim ijodi va hayoti oʻrtasidagi oʻxshashlikni qayd etdi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining Ozarbayjon-Oʻzbekiston parlamentlararo aloqalari boʻyicha ishchi guruhi aʼzosi Tamam Jafarova Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstligi tarixi, davlat rahbarlarining uchrashuvlari haqida soʻzlab, ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi oliy darajadagi aloqalar haqida maʼlumot berdi. U ishgʻoldan ozod etilgan Ozarbayjon tuproqlari, Shushada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik hamda qayta tiklash loyihalaridan faxr tuyishini qayd etdi.

Tadbirning badiiy qismida Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi Sanʼat va ijod maktabi oʻquvchilari ijrosida Ozarbayjon, Qorabogʻga oid musiqalar ijro etildi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan Xurshidbonu Notavonning sheʼrlari yigʻilganlar hukmiga havola qilindi.

Yakunda Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi prezidenti Gunay Afandiyeva tomonidan Oʻzbekistonda “Shusha kunlari” munosabati bilan rasmiy mehmonlar hamda tashkilotchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Xurshidbonu Notavonning oʻzbek tiliga tarjima qilingan asarlaridan iborat “Xurshidga yetar boshim” kitoblar toʻplami Turon kutubxonasi hamda bir qator tadbir ishtirokchilariga hadya qilindi.

13.04.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint