Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentta “Haydar Aliyevning gʻalabasi” nomli kitob taqdimoti oʻtkazildi


Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida Oʻzbekistonning taniqli yozuvchisi va publitsisti Ismat Kuchiyevning rus tilida chop etilgan “Haydar Aliyevning gʻalabasi” nomli kitobining taqdimot marosimi oʻtkazildi.

Tadbir ishtirokchilari avvalo, Umummilliy Lider Haydar Aliyevning Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi qarshisidagi yodgorligi poyiga gulchambarlar qoʻyishdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasida davom etgan tadbirda mamlakatimizning Oʻzbekistondagi elchisi Huseyn Guliyev, elchixona xodimlari, mamlakatning ilm, madaniyat va sanʼat namoyandalari, shoir va yozuvchilar, diaspora aʼzolari, jurnalistlar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi binosi foyesida Haydar Aliyevga bagʻishlangan kitoblardan va Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining nashrlaridan iborat koʻrgazma bilan tanishdilar. Soʻngra, Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstligiga bagʻishlangan qisqa metrajli videorolik namoyish etildi.

“Oʻzbekiston-Ozarbayjon” Doʻstlik Jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinovmoderatorligida davom etgan tadbirda chiqish qilgan Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasining raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Haydar Aliyevning Ozarbayjon mustaqilligining qoʻlga kiritilishi, mustahkamlanishi va davlatchilikni saqlashdagi ahamiyati, tazyiqlarga qaramay, milliy ruh, milliy shuur hamda oʻzlikni anglashdagi beqiyos xizmatlariga eʼtibor qaratdi. U Haydar Aliyevning adabiyot, sanʼatga katta eʼtibor qaratganini qayd etib, doim adabiyot ahliga gʻamxoʻrlik qilganini bildirdi.

Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev soʻzga chiqib, Umummilliy Lider Haydar Aliyevning Ozarbayjon xalqi uchun amalga oshirgan xizmatlari haqida gapirib, xalqimiz, davlatchiligimizning uchun ogʻir damlarda mustaqilligimizni saqlab qolgani, hokimiyat tepasiga kelganiga eʼtibor qaratdi. Elchi Umummilliy Liderning Sovet Ittifoqi davrida ham, mustaqillik yillarida ham xalqimiz va davlatimiz oldidagi beqiyos xizmatlari haqida gapirar ekan, aynan uning qatʼiy pozitsiyasi va olib borgan muvaffaqiyatli siyosati tufayli Ozarbayjon bugungi kunda jahon miqyosida qudratli davlatga aylanganini taʼkidladi. Husayn Guliyev Ozarbayjon xalqi buyuk oʻgʻlonining xotirasini doimo qadrlashini, Umummilliy Liderning siyosati bugun ham muvaffaqiyatli davom etayotganini urgʻuladi.

Elchi oʻz nutqini davom ettirar ekan, Haydar Aliyevning Ozarbayjon Kommunistik Partiyasi Markaziy Qoʻmitasining birinchi kotibi, Siyosiy Byuroning aʼzosi va SSSR Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, mustaqil Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti lavozimlarida ishlagan davrda Ozarbayjonni rivojlantirish yoʻlidagi alohida xizmatlari hech qachon unutilmasligini qayd etdi. Soʻngra soʻzga chiqqan oʻzbekistonlik taniqli olim va tarjimon Boboxon Muhammad Sharif Sobiq Ittifoq paytida Ozarbayjonga rahbarlik qilgan davrlarda mamlakat iqtisodiyoti, milliy va maʼnaviy qadriyatlari, urf-odatlariga qanchalik ahamiyat berganiga toʻxtalib, Ozarbayjonning bugungi darajaga kelishida Haydar Aliyevning xizmati beqiyos ekani, u hokimiyat tepasida boʻlgan davrda xalq uchun juda koʻplab ishlar amalga oshirilganini qayd etdi.

Chiqish qilgan “Oʻzbekiston-ozarbayjon” Doʻstlik Jamiyatining aʼzosi Isroil Shamsimuhammedov, jurnalist Boris Babayev, Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasining aʼzosi Sobir Qurbanov va boshqalar Haydar Aliyevni dunyoga mashhur siyosiy arbob sifatida tavsifladi.

Kitob muallifi Ismat Kuchiyev zamonaviy Ozarbayjonning asoschisi ekanligini taʼkidlab, amalga oshirgan bebaho ishlari haqida gapirdi. U 1990-yillarda Ozarbayjon boshidan kechirgan ogʻir damlar haqida toʻxtalar ekan, aynan Haydar Aliyev tufayli mamlakat barqarorlik va taraqqiyotga erishganini bildirdi.

U Oʻzbekistonning Ozarbayjonning huquqiy pozitsiyasini doimo qoʻllab-quvvatlab kelganiga urgʻu qaratib, kitob ustida olib borgan ijodiy ishlari haqida gapirdi.

26.04.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint