Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg24
  • bg1
  • bg2
  • bg3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida
Umummilliy Lider Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan
xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti va O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik Jamiyati hamkorligida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida “Haydar Aliyev –Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi do'stlik munosabatlari va strategik sheriklik asoschisi” xalqaro konferensiyasi tashkil etildi.

Anjuman ishtirokchilari O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi oldidagi Umummilliy Lider Haydar Aliyevning byusti poyiga gul qo'yishdi.

So'ngra, tadbir ishtirokchilari Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida bo'lib o'tgan xalqaro konferensiyada Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan tashkil etilgan Haydar Aliyevning fotosuratlari va nashrlari ko'rgazmasi bilan tanishdilar.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti rektori, professor Abdug'affor Qirg'izboyev universitetning katta majlislar zalida xalqaro konferensiyani kirish so'zi bilan ochar ekan, Haydar Aliyev shaxsining buyukligi haqida gapirib, uning nafaqat Ozarbayjon, balki O'zbekiston uchun ham juda katta va qadrli inson ekanligini ta'kidladi. Abdug'affor Qirg'izboyev Haydar Aliyevning paxta biznesi va Sovet davrida o'zbek xalqiga qarshi boshqa fojia va provokatsiyalarning oldini olishdagi jonbozliklarini yodga oldi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Haydar Aliyevning shaxsi, Umummilliy Lider rahbarligida xalqimiz manfaatlari va uning kelajagini ta'minlash istagi, uning turkiy olam haqidagi qarashlari, O'zbekiston bilan davlatlararo munosabatlar va hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirishdagi xizmatlari haqida gapirdi.

Konferensiyada so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do'stona munosabatlar qo'mitasi raisining o'rinbosari Zafarbek Axmedov, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori Jamila Shermuhammedova Ozarbayjon bilan munosabatlar O'zbekiston uchun doimo ustuvor bo'lib kelgani, Haydar Aliyev asos solgan munosabatlar alohida poydevorga ega ekanligini ta'kidlab, bugun uning munosib vorisi, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan muvaffaqiyatli davom ettirilayotganiga urg'u qaratdi.

Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati, akademik Nizomiy Jafarov, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Gulbahor Saidg'anieva xalqaro konferensiyada so'zga chiqib, Ozarbayjon xalqining milliy yetakchisi Haydar Aliyevning ijtimoiy-siyosiy faoliyati, Haydar Aliyevning o'zaro munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirishdagi tarixi haqida so'z yuritdi. Sovet davrida ham, mustaqillikdan keyingi davrda munosabatlarning mustahkamlanishidagi ahamiyati haqida to'xtaldi.

Boku Davlat universiteti Arxeologiya va etnografiya kafedrasi mudiri, dotsent Karam Mammedov, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti professori, tarix fanlari doktori Abror Hazratqulov va tarjimon Boboxon Muhammad Sharif so'zga chiqib, ilm-fan, davlatlarimiz o'rtasidagi munosabatlardagi ajoyib yutuqlar haqida ma'ruzalar qilishdi.

Anjumanning faol tashkilotchilari va ishtirokchilari O'zbekiston xalqaro aloqalar va xorijiy davlatlar bilan Do'stlik aloqalari qo'mitasi hamda O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik Jamiyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Badiiy qismda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetining "Oltin Meros" ansambli a'zolari o'zbek va ozarbayjon musiqalarini ijro etishdi.

Ozarbayjon va O'zbekiston xalq artisti Gulyanog' Mammedova ijrosida yig'ilganlarga milliy musiqamiz va mashhur o'zbek musiqalaridan namunalar namoyish etildi.
Badiiy qism tomoshabinlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.

04.05.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint