Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonning “Adabiyot gazetasi”ning maxsus soni Umummilliy Lider Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligiga bagʻishlandi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va tashkilotchiligida Oʻzbekistonning taniqli ommaviy axborot vositalaridan biri “Adabiyot gazetasi” Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning 100 yilligi munosabati bilan maxsus sonini Ozarbayjonga bagʻishladi.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va tashkilotchiligida, Oʻzbekiston Respublikasi “Nuroniylar” (Oqsoqollar) jamgʻarmasi, shuningdek, Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Nuroniy” jamoatchilik Kengashi hamkorligida yuqorida nomi zikr etilgan gazetasining maxsus soni “Ozarbayjon va Oʻzbekiston xalqlari doʻstligi abadiydir!” shiori ostida nashr etilib, gazeta sahifalarida Haydar Aliyev, Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, adabiyoti va madaniyati kabi mavzular oʻrin oldi.

Gazetaning birinchi sahifasida Oʻzbekistonning taniqli yozuvchisi, shoir, dramaturg, Ozarbayjon xalqining farzandi Maqsud Shayzodaga bagʻishlangan “Maqsud Shayxzoda: Navoiy yurtiga ketdim” nomli maqola eʼlon qilingan. Maqolada Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar keltirilib, M.Shayxzodaning shogirdi hisoblangan oʻzbek olimi, akademik Naim Karimovning ustozi haqidagi xotiralari aks etgan.

Gazetaning 2-3 sahifalaridan joy olgan “Muhabbat, ishq, farahli doʻstlik” maqolada Oʻzbekiston-Ozarbayjon oʻrtasidagi adabiy, madaniy va siyosiy aloqalar haqida hikoya qilinadi. Respublika Nuroniylar (Oqsoqollar) jamgʻarmasi raisining birinchi oʻrinbosari Sharof Ubaydullayev muallifligidagi ushbu keng qamrovli maqola Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodidan boshlanib, Haydar Aliyev va Sharof Rashidov hamda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻrtasidagi munosabatlarda yanada mustahkamlanganini qayd etgan muallif, bu doʻstlikning, qardoshlikning asrlar osha abadiy boʻlajagini urgʻulagan.

Maqolada Haydar Aliyevning davlatchilik hamda siyosiy faoliyatiga alohida eʼtibor qaratgan Sh.Ubaydullayev Umummilliy Lider Sovet davrida hokimiyat tepasida boʻlgan eng ogʻir davrlarda ham oʻzbek xalqiga yaqin boʻlgani, jasorat bilan yordamini ayamganini taʼkidladi.

Gazetaning 4-5 sahifalarida esa “Haydar Aliyev fenomeni” nomli maqolada Haydar Aliyevning shaxsiyati va uning hayoti, siyosiy-ijtimoiy faoliyati yoritilgan. Oʻzbekistonning taniqli yozuvchisi, tarjimon-olim Boboxon Muhammad Sharif muallifligidagi maqolada Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning shonli, masʼuliyatli hayot yoʻli va Ozarbayjon xalqi taqdirida muhim rol kasb etgani haqida hikoya qilinadi.

Haydar Aliyevni zamonaviy Ozarbayjonning asoschisi sifatida eʼtirof etgan muallif, Umummilliy Lider Ozarbayjonni parchalanish, boʻlinish xavfidan qutqargani, ichki ixtiloflarni bartaraf etishda sabr, qatʼiyat koʻrsatgani, toʻliq boʻlmagan boshqaruv natijasida tubsizlik chetiga kelib qolgan davlatdan kuchli, qudratli davlatga aylantira olganini qayd etgan.

Gazetaning 6-sahifasida “Sharof Rashidovning doʻsti, Ozarbayjon xalqining Umumilliy Lideri” maqolasida Umumilliy Lider Haydar Aliyev va Ozarbayjonga bagʻishlangan adabiy asarlar tilga olingan. Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, taniqli jurnalist Nosir Toirov qalamiga mansub hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Haydar Aliyev haqidagi fikrlari bilan boshlangan maqolada Haydar Aliyevga bagʻishlangan sheʼrlar, poemalar, asarlar haqida soʻz borib, Oʻzbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayevning Haydar Aliyev va Sharof Rashidovga bagʻishlangan sheʼridan parcha aks etgan.

Soʻngra, muallif Belarus Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, publitsist, yozuvchi, shoir Ismat Kochiyev tomonidan Ozarbayjon xalqining buyuk oʻgʻloni Haydar Aliyevga bagʻishlangan “Триумф Гейдара Алиева” (Haydar Aliyevning gʻalabasi) nomli rus tilidagi katta poemadan parcha keltiradi.

Qayd etish joizki, ushbu poema Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning 100 yilligiga bagʻishlanib, O'zbekistonda ham taqdimot marosimlari tashkil etildi. Maqoladan Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning mashhur “Ozarbayjon” sheʼri ham joy olgan. Yaxshi maʼlumki, Abdulla Oripov ushbu mashhur sheʼrni ilk marta 1979-yilda Ozarbayjonga tashrifi chogʻida Haydar Aliyev bilan uchrashuvda oʻqigan edi.

Gazetaning 7-sahifasida esa Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan Ozarbayjon Respublikasi Milliy Madaniyat Markazi boshqaruvi raisi Mobil Mammedov muallifligidagi “Ikki qardosh oʻlka ‒ Ozarbayjon va Oʻzbekiston” maqolasi chop etildi. Maqolada qayd etilishicha, qardosh mamlakatda yashovchi ozarbayjonlar Haydar Aliyevning ajoyib shaxsiyati bilan faxrlanishi qayd etilgan. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar uzoq, mustahkam va uzilmas ildizlarga ega ekanligi, Ozarbayjon xalqining ajoyib oʻgʻloni Haydar Aliyev Oʻzbekistonda doimo hurmat bilan yodga olinishi taʼkidlandi. Maqolada mustaqil Ozarbayjonni dunyo davlatlari orasidagi mavqeyini yanada oshirish, uning qadimiy ildizlari, tarixiy oʻtmishi, boy madaniyatini saqlab qolish, turkiy davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston bilan tarixiy doʻstlik va hamkorlikni muvaffaqiyatli davom ettirish qayd etilib, xalqlarimiz, davlatlarimiz orasidagi aloqalarning yuksak darajaga erishishida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xizmatlari beqiyosligi haqida soʻz borgan.

Gazetaning 8-sahifasidagi “Haydar Aliyev ulugʻlagan shoir” nomli maqola Ozarbayjon xalq shoiri Xalil Rizo Uluturkga bagʻishlangan. Mashhur oʻzbek shoiri, tarjimon, publitsist Tohir Qahhor muallifligidagi maqolada Xalil Rizo Uluturk ijodiga katta eʼtibor qaratilib, Umummilliy Lider Haydar Aliyevning ushbu shoir hayotida tutgan muhim oʻrni haqida hikoya qilinadi. Maqolada taʼkidlanishicha, Haydar Aliyev vatanparvarlik, millatparvarlik, turkiylik gʻoyalarining targʻibotchisi boʻlgan shoirni dahshatli Sovet qatagʻonlaridan himoya qilib, mustaqil Ozarbayjonning istiqlol shoiriga aylantirgan Maqolada Xalil Rizo Uluturk sheʼrlaridan tarjimalar ham keltirilgan.

09.05.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint