Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Umummilliy Lider tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Umummilliy Lider tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Haydar Aliyev va mustaqillik” nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari, Ozarbayjon Madaniyat Markazining vakillari, talabalar, Ozarbayjon diasporasi aʼzolari ishtirok etdi.

Tadbirni universitet prorektori, professor Bahodir Xoliqov kirish soʻzi bilan ochar ekan, Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlari, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi tarixiy va madaniy yaqinlik haqida maʼlumot berdi. U Umummilliy Lider Ozarbayjonning zamonaviy davlatchiligiga asos solgani, Haydar Aliyev ilm, fan va texnikaga katta ahamiyat berganini taʼkidladi. B. Xoliqov “Haydar Aliyev Jamgʻarmasi”ning hukumat tomonidan olib borilayotgan taʼlim siyosatini qoʻllab-quvvatlashi va “Yangilangan Ozarbayjon uchun yangi maktab” kabi loyihalar doirasida mamlakatda yuzlab maktab binolari qurilganiga eʼtibor qaratdi.

Soʻngra soʻzga chiqqan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining vakili, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Karimulla Mammadzoda Umummilliy Lider Haydar Aliyevning Ozarbayjon xalqi taqdirida tutgan oʻrni haqida gapirib, bugungi qudratli Ozarbayjon barpo etilishida Haydar Aliyevning xizmati beqiyos ekanini taʼkidladi.

Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning hayoti va siyosiy faoliyati maktab ekanini urgʻulagan K.Mammadzoda ushbu maktabdan yosh avlodni tarbiyalashda foydalanish muhim ekani, uning nutqlarida mavjud boʻlgan umuminsoniy, donolik gʻoyalari har bir fuqaro uchun hayot kodeksi ekanligini bildirdi. K.Mamadzoda Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining Haydar Aliyev yili bilan bogʻliq loyihalari haqida gapirar ekan, bu borada bir qancha yirik tadbirlar oʻtkazilgani, anjumanlar, doʻstlik konsertlari tashkil etilgani, Oʻzbekistonda “Haydar Aliyev – 100” pochta markasi chiqarilgani, Umummilliy Liderning hikmatomuz fikrlari oʻzbek va turk tillariga tarjima qilinib, nashrga tayyorlanganini aytdi.

Universitet kafedra mudiri, professor Nurboy Jabborov Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning ilm-fan va taʼlimni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratgani va zamonaviy tamoyillarga javob beradigan ushbu sohalarni rivojlantirish choralarini koʻrganini eʼtirof etdi. U mustaqillikka erishgandan soʻng Ozarbayjonda Umummilliy Lider Haydar Aliyev tomonidan ta'lim sohasida olib borilgan islohotlar global xarakterga ega ekanini hamda ushbu islohotlar mamlakatning hozirgi rahbariyati tomonidan ishonch bilan davom ettirilayotganini qayd etdi.

Professor Saodat Muxamedova Haydar Aliyevning ozarbayjon tiliga qoʻshgan ulkan hissasi haqida toʻxtalib, zamonaviy ozarbayjon tilining davlat tili sifatida shakllanishi va mustahkamlanishida Umummilliy Liderning alohida xizmatlari bor ekanini taʼkidladi.

Universitet dotsenti Gulbahor Ashurova Haydar Aliyevning ilm, taʼlim hamda madaniyatga eʼtibor qaratgan siyosatchi sifatida tavsiflab, uning amalga oshirgan xayrli ishlaridan namunalar keltirdi.

Yakunda Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan universitetda tashkil etilgan Muhammad Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon markazining “Fuzuliy dilbandlari” guruhi aʼzolari Haydar Aliyev va Ozarbayjon haqida sheʼrlardan namunalar ijro etishdi.

13.05.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint