Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishida Haydar Aliyevning roli” nomli xalqaro konferensiya oʻtkazildi.


Toshkentdagi Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat Markazi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishida Haydar Aliyevning roli” nomli xalqaro konferensiya tashkil etdi.

Konferensiyada Oʻzbekiston davlat organlari vakillari, taniqli siyosatchilar, ilm, madaniyat va sanʼat xodimlari, institut rahbarlari hamda hamkorlar sihtirok etdi.

Avvalo, Umummilliy Lider Haydar Aliyevning hayot va faoliyatiga bagʻishlangan hujjatli film namoyish etildi

Tadbirni MOXI (Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti) direktori Vladimir Norov ochar ekan, Haydar Aliyevning Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi barcha sohalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishdagi xizmatlari haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, direktor Haydar Aliyev faoliyati bilan bogʻliq tarixiy voqealar, Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni shakllantirish va mustahkamlashda Umummilliy Liderning tutgan oʻrni haqida gapirdi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Bobur Usmonov Haydar Aliyevning Ozarbayjon xalqi oldidagi misli koʻrilmagan xizmatlari, hozirgi davlatchilikni barpo etish va mustahkamlash yoʻlidagi faoliyatiga toʻxtaldi. Shuningdek, B.Usmonov Haydar Aliyevni sobiq Ittifoqdagi noyob siyosatchilardan biri ekanligini urgʻuladi. Vazir oʻrinbosari Haydar Aliyev va Sharof Rashidovning, Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevning doʻstligi, ikki mamlakat oʻrtasidagi konstruktiv muloqot haqida toʻxtaldi.

Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev Umummilliy Lider Haydar Aliyevning Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida ishlagan davrida boshlangan Moskvadagi faoliyati va nihoyat, xalqning talabi bilan Bokuga qaytib, mustaqil Ozarbayjon prezidentligi saylovidagi ishtiroki, tom maʼnoda mamlakatni qutqargani haqida soʻzladi.

Guliyevning taʼkidlashicha, zamonaviy Ozarbayjonning meʼmori va quruvchisi Haydar Aliyev mamlakatimizni dunyoga tanitdi, qisqa vaqt ichida siyosiy va iqtisodiy islohotlarni boshladi va muvaffaqiyatli natijalarga erishdi. Elchi, shuningdek, Umummilliy Liderning munosib vorisi Ilhom Aliyev olib borayotgan ichki va tashqi siyosat, aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham gapirdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov (onlayn) jahonga mashhur siyosatchi Haydar Aliyevning siyosiy faoliyati haqida soʻz yuritar ekan, Umummilliy Liderning 1996-yildan boshlab, ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelgach, ikki mamlakat oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi alohida xizmatlariga urgʻu qaratdi.

Milliy Majlis Madaniyat Qoʻmitasi raisi Ganira Pashayeva ozarbayjon va oʻzbek xalqlarining tarixiy doʻstligi haqida gapirib, shoirlarimiz uzoq asrlar osha ijodiy aloqada boʻlib kelayotganini taʼkidladi. Qoʻmita raisi Umummilliy Lider Haydar Aliyevning hayot yoʻli va faoliyati haqida soʻzlar ekan, Umummilliy Lider Haydar Aliyev faqatgina Ozarbayjon manfaatlariga xizmat qilgan siyosatchi boʻlib qolmaganiga eʼtibor qaratdi. Agar shunday boʻlganida, u sobiq Ittifoq Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga koʻtarila olmas edi. Dunyoga mashhur Haydar Aliyev aslida Ittifoqning obroʻli rahbarlaridan biri boʻlgan.

Shundan soʻng chiqish qilgan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning siyosiy faoliyati haqida gapirib, uning qardosh Oʻzbekiston bilan munosabatlarga doimo alohida ahamiyat berganligini qayd etdi. S.Abbasov Umummilliy Lider Haydar Aliyevning Ozarbayjon SSR rahbari davrida Oʻzbekiston SSR rahbari boʻlgan Sharof Rashidov bilan doʻstona aloqalari haqida gapirib, Umummilliy Lider eng ogʻir paytlarda ham oʻzbek xalqiga yaqin boʻlganini taʼkidladi.

Haydar Aliyevning mustaqillik yillarida Oʻzbekistonga katta ahamiyat berganini qayd etgan Samir Abbasov, Umummilliy Lider tomonidan asos solingan Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstligi hamda hamkorligi bugungi kunda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan muvaffaqiyatli davom ettirilayotgani, hozirda qardosh davlatlar oʻrtasidagi munosabatlar yuqori darajada ekaniga urgʻu qaratdi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati Mushfiq Jafarovning aytishicha, Haydar Aliyev qudratli davlat qurish va uning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratish bilan birga Ozarbayjon davlati tashqi siyosatining yoʻnalishlarini ham belgilab bergan. Umummilliy Lider dunyoning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari bilan munosabatlarni milliy manfaatlarga moslashtirish uchun eng qisqa vaqt ichida uzoqni koʻzlab qadamlar tashlay olgan.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi inspektori, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Karimulla Mammadzoda Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining Umummilliy Lider Haydar Aliyev nomi bilan bogʻliq faoliyati haqida gapirar ekan, “Haydar Aliyev yili” doirasida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashkil etgan tadbirlar, konferensiyalar, doʻstlik konsertlari, nashrlar hamda boshqa loyihalar haqida toʻxtalib, yil davomida bunday tadbirlar muntazam tashkil etilishini taʼkidladi.

Institut direktorining birinchi oʻrinbosari Ravshan Abdullaxonov, “Oʻzbekiston-Ozarbayjon” Doʻstlik Jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov, professor Boboxon Sharif, Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Ganja filiali Nizomiy Markazi direktori, filologiya fanlari doktori Alimuxtor Muxtorov, Ozarbayjon Milliy Majlisining Madaniyat Komissiyasi eksperti Akbar Qoʻshali, MOXIning bosh ilmiy mutaxassisi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Azar Adigoʻzalov va boshqalar Haydar Aliyevning fenomen bir shaxs ekanini qayd etib, u nafaqat ozarbayjon xalqi uchun, balki butun turkiy dunyo oldidagi xizmatlari haqida gapirib berishdi.

16.05.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint