Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg24
  • bg1
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda Umummilliy Lider Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan “Doʻstlik” nomli konsert dasturi oʻtkazildi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Ozarbayjon Respublikasi Diaspora bilan ishlash Davlat qoʻmitasi hamkorligida Ozarbayjon Madaniyat Markazida Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston hukumati vakillari, madaniyat, sanʼat xodimlari, ziyolilar, talaba va yoshlar qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilari avvalo Madaniyat Markazidagi Umummilliy Lideri Haydar Aliyev byusti hamda shahidlar yodgorlik majmuasiga gul qoʻyishdi. Shundan soʻng tadbir ishtirokchilari Markazda Haydar Aliyevga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdilar.

Madaniyat Markazining katta konsert zalida davom etgan tadbirni Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov kirish soʻzi bilan ochar ekan, Ozarbayjon xalqining buyuk oʻgʻloni, mustaqil Ozarbayjon davlati hamda Ozarbayjon mafkurasi asoschisi, Umummilliy Lider Haydar Aliyevning xizmatlari haqida toʻxtalib, uning Ozarbayjon davlatchiligi tarixiga ulkan hissa qoʻshgani, katta muvaffaqiyatlarga erishgani, Umummilliy Liderning bu beqiyos xizmatlarini nafaqat Ozarbayjonda, balki butun dunyoda keng targʻib qilish zarurligini taʼkidladi.

Samir Abbasov Haydar Aliyevning shaxsiyati, uning Turkiy dunyo haqidagi qarashlari, Oʻzbekiston bilan davlatlararo aloqalar va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishdagi xizmatlari haqida soʻzlab, uning nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining mamlakatlarimiz oʻrtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish yoʻlidagi loyihalari haqida ham gapirdi.

Ozarbayjon Respublikasi Diaspora bilan ishlash Davlat Qoʻmitasi raisi Fuad Murodov Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Ozarbayjon davlatchiligi tarixidagi oʻrni haqida soʻz yuritar ekan, Haydar Aliyevning xorijda yashovchi ozarbayjonlarga alohida eʼtibor qaratgani va Ozarbayjon diasporasi Umummilliy Lider davrida shakllanganligi, diaspora faoliyatining davlat darajasida yoʻlga qoʻyilishida Umummilliy Liderning xizmatlari beqiyos ekanini qayd etdi.

Fuad Murodov Ozarbayjon davlatining diaspora faoliyati haqida gapirar ekan, qardosh Oʻzbekistonda ham koʻplab yurtdoshlarimiz yashayotgani, ozarbayjonlar mamlakat ijtimoiy-madaniy hayotida doimiy ravishda faol ishtirok etayotganini taʼkidladi. Fuad Murodov Oʻzbekistonda ozarbayjonlarning oʻzlari doimiy yashaydigan va fuqaro boʻlgan mamlakat manfaati uchun ishlashi, bundan tashqari, Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlikni yanada mustahkamlashga hissa qoʻshishi muhimligiga urgʻu qaratdi.

Oʻzbekistonning Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari Qoʻmitasi, raisi Rustambek Qurbonov Haydar Aliyevning Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning Sovet Ittifoqi davrida ham, mustaqillikdan keyin ham qardosh respublikalar oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrnatish va rivojlantirishdagi ijtimoiy-siyosiy faoliyatidagi tarixiy roli haqida soʻzladi. Haydar Aliyevning 100 yilligi Oʻzbekistonda ham keng nishonlanayotgani, shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus buyruqlar va harakatlar rejasi tasdiqlanganini qayd etdi.

Chiqishlardan soʻng, Ozarbayjon Respublikasi Diaspora bilan ishlash Davlat Qoʻmitasining loyihasiga koʻra tayyorlangan va Haydar Aliyevga bagʻishlangan hujjatli film namoyish etildi.

Tadbir doirasida Oʻzbekiston Xalq cholgʻulari kamer orkestri tomonidan Umummilliy Liderga bagʻishlangan Doʻstlik konsert boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, professor Feruza Abdurahimova badiiy rahbarligidagi “Soʻgʻdiyona” xalq cholgʻulari kamer orkestri tomonidan ozarbayjon bastakorlarining Ozarbayjonga, Haydar Aliyevga bagʻishlangan asarlari, shuningdek, xalq qoʻshiqlari ijro etildi.

23.05.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint