Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlariga doir
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda Ozarbayjon Respublikasi Diaspora bilan ishlash Davlat qoʻmitasi koʻmagida va ishtirokida xalqaro “Oʻzbekiston-Ozarbayjon davlatlarining rivojlanish tarixi, yangi davri va hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Dastavval, Diaspora bilan ishlash Davlat qoʻmitasi raisi Fuad Murodov boshchiligidagi delegatsiya Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tashkil etilgan Fuzuliy nomidagi Madaniyat va Tadqiqot markazi bilan tanishdi.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi Rustambek Qurbonov universitet majlislar zalida boʻlib oʻtgan konferensiyani ochib berar ekan, ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik haqida toʻxtalib, ushbu munosabatlar mamlakat rahbariyati darajasida yuksak qadrlanishini taʼkidlab, mavjud aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishda ikki mamlakat va diasporalarning davlat tuzilmalarini qo'llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.

Shundan soʻng, Diaspora bilan ishlash Davlat qoʻmitasi raisi Fuad Murodov soʻzga chiqib, Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik abadiy ekaniga urgʻu qaratib, bu abadiy hamkorlikning tamal toshini Umummilliy Lider Haydar Aliyev oʻrnatganini bildirdi.

Haydar Aliyev mustaqil Ozarbayjonning asoschisi ekanligini taʼkidlagan Fuad Murodov Umummilliy Lider Ozarbayjon madaniyati, tili, tarixi, milliy va maʼnaviy qadriyatlari himoyachisi ekanligini aytdi.

Fuad Murodov ikki qardosh davlat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashda diasporalar va ushbu sohaga masʼul davlat tashkilotlarining ahamiyati haqida gapirar ekan, kelajakda bu borada muhim qadamlar qoʻyish zarurligini qayd etdi.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov tarixi uzoq asrlarga tutashuvchi ozarbayhon hamda oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik, qardoshlik munosabatlarining eng goʻzal namunalari sifatida liderlarimiz Haydar Aliyev va Sharof Rashidov, Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy kabi koʻplab adiblarimiz tomonidan yaratilgan doʻstlik aloqalarini urgʻuladi.

Tarixiy sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstligi Vatan muhorabasi yillarida qardosh oʻzbek xalqining, Oʻzbekiston davlatining Ozarbayjon bilan bir safda boʻlganini taʼkidlagan Samir Abbasov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni buyuk tarixiy gʻalaba bilan tabriklagan mamlakat rahbarlaridan biri ekanligini soʻzladi. U davlat rahbarlarimizning saʼy-harakatlari natijasida davlatlarimiz strategik ittifoqchilarga aylanganiga urgʻu qaratdi.

Oʻzbekistondagi Ozarbayjon diaspora tashkiloti raisi Mobil Mammedov, Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik Jamiyati ijrochi direktori Erkin Nuriddinov kabi maʼruzachilar Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan millat vakillari, jumladan, yurtdoshlarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilganini bildirib, bu yerda istiqomat qilayotgan ozarbayjonlar Oʻzbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotganiga eʼtibor qaratdi.

AMEA (Ozarbayjon Milliy Ilmlar Markazi) Tarix instituti ijrochi direktori, dotsent Ilgʻor Niftaliyev, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, professor Boboxon Sharif, Oʻzbekiston Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, professor Jamila Shermuhammedova, Davlat qoʻmitasi eksperti, falsafa fanlari doktori Ismoil Xoʻjaxonov, Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universiteti dotsenti Tohir Qahhor va Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Gulbahor Ashurova oʻz chiqishlarida Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstlik, qardoshlik munosabatlari tarixi, uning istiqbollari haqida gapirar ekan, qardosh davlatlar oʻrtasidagi turli sohalardagi hamkorlik va munosabatlarni rivojlantirish muhimligini qayd etishdi.

25.05.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint