XABARLAR 2023
“Oʻzbekistonda Ozarbayjon musiqasi kunlari” doirasida
muhtasham konsert dasturi oʻtkazildi.
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi va tashkilotchiligida Toshkent va Samarqand shaharlarida Ozarbayjon musiqasi kunlari oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasida oʻtkazilgan tadbirda davlat va hukumat aʼzolari, diplomatlar, madaniyat va sanʼat xodimlari, mahalliy ozarbayjonlar va oʻzbeklar ishtirok etdi.
Avvalo chiqish qilgan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjonning boy madaniyati, dunyo sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi, milliy musiqamiz, mugʻom sanʼatimiz haqida toʻxtalib, ozarbayjon hamda oʻzbek xalqlarining tarixan yaqinligi, davlatlarimiz oʻrtasidagi kundan kunga mustahkamlanib borayotgan munosabatlar haqida gapirdi. Samir Abbasov “Oʻzbekistonda Ozarbayjon musiqasi kunlari” Ozarbayjon madaniyatining buyuk homiysi Umummilliy Lider Haydar Aliyevga bagʻishlanganini taʼkidladi.
Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik jamiyatining ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning Oʻzbekiston va Ozarbayjon orasidagi aloqalarning mustahkamlanishidagi beqiyos xizmatlari haqida soʻzlab, Umummilliy Liderning 100 yillik yubileyi faqatgina Ozarbayjonda emas, balki barcha turkiy mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda keng nishonlanayotganini eʼtirof etdi.
Buyuk insonlar doimo madaniyatga, sanʼatga gʻamxoʻrlik qilajaklarini qayd etgan Erkin Nuriddinov ulugʻ Haydar Aliyevning saʼy-harakatlari natijasida sobiq Ittifoq davrida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti oʻzining qayta tiklanishini boshdan kechirdi.
Shundan soʻng, “Oʻzbekistonda Ozarbayjon musiqasi kunlari” doirasida Ozarbayjon va Oʻzbekiston xalq artisti Gulyanoq Mammadova “Jon Ozarbayjondan jon Oʻzbekistonga sevgi ila” nomli konsert dasturida chiqish qildi. Ozarbayjon hamda oʻzbek qoʻshiqlaridan ijro etgan vokalist Gulyanoq Mammadova xalq qoʻshiqlarimiz, mogʻomlarimizdan ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi.
Konsertda oʻzbek estradasining yulduzi, afsonaviy “Yalla” guruhining solisti, xalq artisti Farrux Zokirov sahnaga chiqib, Gulyanoq Mammadova bilan birga qoʻshiqlar kuyladi. Farrux Zokirov “Koʻchalarga suv sepmisham” Ozarbayjon xalq qoʻshigʻini oʻzxiga xos usulda ijro etdi.
Oʻzbekistonda taniqli soz ustasi Ilhom Abdullayev sozda milliy kuylarimizdan namunalar ijro etdi.
Anshlagda kechgan konsert dasturida Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining raqs jamoasi tomonidan namoyish etilgan milliy raqslar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.
01.06.2023