Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Madaniyat Markazi “Haydar Aliyev yili” munosabati bilan Oʻzbekiston hududidagi 14 markaziy kutubxonaga oʻlkamizga doir ajoyib kitoblar toʻplamini sovgʻa qıldı.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2023-yil “Haydar Aliyev yili” munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasiga va Oʻzbekistonning viloyatlarida joylashgan 14 markaziy kutubxonaga Ozarbayjonga doir boy kitoblar toʻplamini hadya qildi.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasiga 40 nusxa, Toshkent, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikası axborot-kutubxona markazi kabi har bir markaziy kutubxonaga 82 nomda, jami 1148 nusxa kitob va elektron nashr hadiya qilindi.

Ushbu toʻplamda Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, madaniyatiga oid ozarbayjon va rus tillaridagi kitoblar, “Ozarbayjoncha-Oʻzbekcha, Oʻzbekcha-Ozarbayjoncha” lugʻat, soʻzlashuv kitoblari, darsliklar, elektron nashrlar, shuningdek, Oʻzbekistonda Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida oʻzbek tilida nashr etilgan Ozarbayjon adiblarining asarlari, zamonaviy Ozarbayjon adabiyotiga oid nashrlar joy olgan.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi bergan maʼlumotga koʻra, 2023-yil Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan “Haydar Aliyev yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan ushbu toʻplamlarga buyuk lider Haydar Aliyev, Ozarbayjon davlatchiligi, Prezident Ilhom Aliyev, Haydar Aliyev fondi, Ozarbayjon tarixi kabi mavzularni qamrab olgan turli nashrlar kiritilgan.

Bundan tashqari, toʻplamda buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning oʻzbek tiliga tarjima qilingan “Xamsa”si, Imadaddin Nasimiy, Muhammad Fuzuliy, Sayid Azim Shirvoniy, Xurshidbonu Notavon, Mirzo Alakbar Sobir, Aziza Jafarzodaning asarlari, shuningdek, Ozarbayjon hududlarining Armaniston tomonidan bosib olinishi, Xoʻjayli genotsidi haqidagi kitoblar, oʻzbek yozuvchisi Shuhrat Salamovning mavzularga oid oʻzbek va rus tillaridagi nashrlari oʻrin olgan.

Joriy yilning 24-yanvar sanasida Ozarbayjonga oid kitoblar kolleksiyasi Oʻzbekistonning turli mintaqalaridagi 14 markaziy kutubxonaga yetkazib berish uchun Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasiga topshirildi. Bu yerda hadiya etilgan kitoblarning koʻrgazmasi ham uyushtirildi.

25.01.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint