Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
1 2 3 4 5 6 7
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti rahbariyati Ozarbayjonda safarda.


13-iyunda Ozarbayjon Tillar Universitetida Oʻzbekistonning Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

OTU (ADU)ning rektori, akademik Kamol Abdulla mehmonlarni kutib olib, ularni universitetda koʻrganidan mamnun ekanini bildirdi. Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasida yaqin doʻstlik va sheriklik munosabatlari oʻrnatilgani qayd etildi. Ushbu munosabatlar yuqori surʼatlarda rivojlanmoqda. Mamlakatlarimiz oʻrtasida barcha sohalarda, ayniqsa, ilm-fan va taʼlim sohasida olib borilayotgan hamkorlikning ijobiy natijalarini koʻrishimiz mumkin: “OTUda faoliyat yuritayotgan xalqaro til va madaniyat markazlari ilmiy hamkorlikni doimo oʻz faoliyatlarida birinchi oʻringa qoʻyib kelgan. Bu bizning ilmiy hamkorligimizni rivojlantirish va aloqalarimizni yanada mustahkamlash uchun sharoit yaratadi.”

Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti rektori Dilnoza Xoʻjayeva universitet rahbariyati va xodimlariga samimiy qabul va mehmondoʻstlik uchun minnatdorchilik bildirdi. Universitetlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish juda muhim boʻlajagini taʼkidlandi. Ushbu hamkorlik oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, oʻzaro oʻrganish va tajriba jihatidan yangi imkoniyatlarga ega boʻlish uchun sharoit yaratadi.

Mehmonlarga OTUda faoliyat yuritayotgan til va madaniyat markazlari haqida maʼlumot berildi. Mazkur markazlarda oʻqituvchi va talabalarning bilim va malakasini oshirish borasida muhim ishlar amalga oshirilayotganiga urgʻu qaratildi.

Oʻzbekistonning Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti rektori Dilnoza Xoʻjayeva akademik Kamol Abdullaning universitetning faxriy doktori etib saylanishini universitet ilmiy-pedagogik hayotidagi muhim voqea sifatida baholab, unga faxriy doktor mantiyasini taqdim qildi. Shundan soʻng mehmonlar OTUda faoliyat koʻrsatayotgan til hamda madaniyat markazlari bilan yaqindan tanishdilar.

Qayd etish joizki, Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti rahbariyatining Ozarbayjonga tashrifi Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining hayotga tatbiq etilayotgan loyihasiga koʻra Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti, Ozarbayjon Tillar Universiteti, Boku Slavyan Universiteti hamda boshqa tahsil markazlari bilan uchrashuvlari, hamkorlik muzokaralari oʻtkazishi nazarda tutilgan.

13.06.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint