XABARLAR 2023
Oʻzbekistonning Muqimiy nomidagi Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti rahbariyati va bir guruh hamkorlari
OMIA (AMEA)ning Nasimiy nomidagi Tilchilik Institutida boʻlishdi.
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasiga koʻra Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti rahbariyati Ozarbayjonda safarda boʻlib turibdi.
Uchrashuvda institut rektori, professor Dilnoza Xoʻjayeva, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Nargiza Boboyeva, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Oybek Bozorov, Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi Shahnoza Qarshiyeva, Pedagogika fakulteti dekani Nigora Erkaboyeva, Boshlangʻich taʼlim fakulteti dekani Dilnoza Jamoliddinova, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Nigora Qodirova, Rejalashtirish va Moliya boʻlimi boshligʻi Nodir Xoliqovlar ishtirok etdi.
Tadbirni Tilchilik Institutining bosh direktori, professor Nodir Mammadli ochar ekan, soʻnggi yillarda institutda Ozarbayjon-Oʻzbek tillarining muqoyasasiga doir olib borilgan tadqiqotlar, kitoblar chop etilganiga urgʻu qaratdi.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonga davlat tashrifi, oʻrtada imzolangan hujjatlar, tashkil etilgan yuqori darajadagi kutib olish marosimlari Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston munosabatlarini butunlay yangi tarixiy darajaga koʻtardi. Ushbu yoʻnalishlar orasida ilm muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuvda professor Nodir Mammadli Qoʻqon Davlat Pedagogika Institutining Faxriy professori nomiga loyiq koʻrildi.
Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti rektori, professor Dilnoza Xoʻjayeva Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstligi, qardoshlik munosabatlari tarixi, istiqbollari haqida toʻxtalib, ikki mamlakat oʻrtasidagi tilshunoslik sohasidagi hamkorlikning ilmiy ahamiyati haqida gapirdi.
Soʻngra, Tilchilik Instituti va Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti oʻrtasida hamkorlik haqida memorandum imzolandi. Nodir Mammadli bundan keyingi hamkorlik yanada intensiv boʻlishini eʼtirof etdi.
Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti rektori, professor Dilnoza Xoʻjayeva Ozarbayjon Tilchilik Institutining Faxriy professori nomiga loyiq koʻrildi.
Mehmonlar bajarilgan ishlar davom ettirilishini taʼkidlashdi.
Qayd etish joizki, Qoʻqon Davlat Pedagogika Instituti rahbariyatining Ozarbayjonga safari Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasiga koʻra tashkil etilib, Institur rahbariyatining Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti, Ozarbayjon tillar Universiteti, Boku Slavyan Universiteti hamda boshqa oliy tahsil dargohlarida uchrashuv, hamkorlik masalalariga oid muzokaralar olib borishi nazarda tutilgan.
18.06.2023