Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Odil Karimli Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasining Madaniyat va Turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan koʻrishdi.


Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Odil Karimli Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda Xalqaro Turk Madaniyati Tashkiloti – TURKSOYning 30 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etdi.

Safar doirasida Odil Karimli Respublika Madaniyat va Turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Vazir Odil Karimli TURKSOYning 30 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarga taklif etilgani uchun minnatdorlik bildirib, qardosh davlatlar oʻrtasida madaniy aloqalarni yanada yaqinlashtirish, ikki xalqning boy madaniyatini yuksaltirishda har ikki vazirlikning hamkorligini yuksak baholadi.

Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarning yuksak darajasidan mamnun boʻlgan Odil Karimli Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Oʻzbekistonga alohida ahamiyat bergani va oʻtgan yilning oʻzida bu mamlakatga uch marta tashrif buyurganini yodga oldi.

Oʻzbekiston Madaniyat va Turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov ham Ozarbayjonning qadimiy madaniyat markazi Shusha 2023-yilda “Turkiy dunyoning madaniy poytaxti” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etishini alohida qayd etdi. Vazir ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash nuqtai nazaridan oʻzaro tashriflar va qoʻshma loyihalarning ahamiyati haqida gapirar ekan, yanada yaqinroq hamkorlik qilish muhimligini taʼkidladi.

Ozodbek Nazarbekov oʻz navbatida, madaniyatning barcha sohalarida boʻlgani kabi, qardosh Ozarbayjon davlati bilan ham yaqin aloqalar oʻrnatish muhimligi haqida gapirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarga alohida eʼtibor qaratayotganiga urgʻu qaratdi. Qoʻshma hamkorlik doirasida madaniy loyihalarni amalga oshirishni taklif qilgan vazir ozarbayjonlik hamkasbini yaqin oylarda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan xalqaro festivallarga taklif qildi va Ozarbayjonga tashrif buyurishga doimo tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda joriy yilning iyul oyida Ozarbayjonda Oʻzbekiston madaniyati kunlarining oʻtkazilishi, oktabr oyida Oʻzbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlarining tashkil etilishi, xalqaro mugʻom musobaqasi, “Shusha” ‒ Turk dunyosining madaniyat poytaxti” yili doirasida nazarda tutilgan tadbirlar va loyihalar, yodgorliklarni tiklash sohasidagi hamkorlik, tajriba almashish, TURKSOY doirasida aʼzo davlatlar ishtirokida turkiy xalqlar tarixiga bagʻishlangan badiiy film tayyorlash kabi koʻplab masalalar yuzasidan fikr almashildi.

20.06.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint