Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
1 2 3 4 5 6 7
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Madaniyat vaziri boshchiligidagi delegatsiya Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti bilan tanishdi.


2023-yilning 19-iyun kuni Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Odil Karimli Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida boʻlib, universitetdagi Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon Madaniyat va Taʼlim Markazi bilan tanishdi. Markaz Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi ila yaratilgan.

Qayd etish joizki, Fuzuliy Markazida Ozarbayjonga oid kichik kutubxona, burchaklar, koʻrgazmalar mavjud boʻlib, Markaz Oʻzbekistonda Ozarbayjon madaniyati, adabiyoti, fani va taʼlimini doimiy ravishda targʻib qiladi.

Markaz rahbari Gulbahor Ashurova mehmonlarni Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon Madaniyat va Taʼlim Markazi faoliyatiga doir maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi.

Mehmonlarga Fuzuliy Markazidagi “Fuzuliy dilbandlari” toʻgaragi ishtirokchilari tanishtirilib, yoshlar bilan samimiy suhbat boʻlib oʻtdi. “Fuzuliy dilbandlari” toʻgaragi ishtirokchilari Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstligiga doir sheʼrlar ijro etishdi. Uchrashuvda Ozarbayjon bilan hamkorlikni kelgusida yangi loyihalar asosida mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Mehmonlar universitetning xalqaro boʻlimida ham boʻlib, universitet faoliyati va yutuqlari bilan tanishdilar.

Vazir Odil Karimli faxriy mehmonlar kitobiga samimiy soʻzlarini yozib qoldirdi. Mehmonlar universitet ularda chuqur taassurot qoldirganini taʼkidladilar.

Ozarbayjon-Oʻzbekiston davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning muvaffaqiyatli siyosati natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasida yuksak doʻstlik va hamkorlik oʻrnatilgani, madaniyatning barcha sohalari va umuman aloqalar izchil rivojlanib borayotganiga urgʻu qaratildi.

Uchrashuvda ozarbayjon hamda oʻzbek xalqlarining adabiy doʻstligini yanada rivojlantirishga ishonch bildirildi.

20.06.2023

SO'NGI YANGILIKLAR

Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint