XABARLAR 2023
Ozarbayjonda oʻtkaziladigan O'zbekiston madaniyati kunlari munosabati bilan Oʻzbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston madaniyati kunlari munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori, O‘zbekiston Madaniyat va Turizm Vazirligi san’at boshqarmasi boshlig‘i, Xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassisi Milliy kutubxonaga tashrif buyurdi.
22-iyun kuni O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, O‘zbekiston Madaniyat va Turizm Vazirligi san’at boshqarmasi boshlig‘i Baxrom Usmonov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassisi Hamroz Dehqonov Ozarbayjon Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi. Milliy kutubxona direktori prof. Karim Tohirov mehmonlarni qabul qildi.
1-3 avgust kunlari Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi va kunlar doirasida atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning Ozarbayjon tiliga tarjima qilingan “O‘tkan kunlar” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 2 avgust kuni bo'lib o'tadigan ushbu taqdimotni Ozarbayjon Milliy kutubxonasida o'tkazish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan mehmonlar Milliy kutubxonaga tashrif buyurib, taqdimot marosimi o‘tkaziladigan zal bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida taqdimot tafsilotlari muhokama qilindi. Mehmonlar Ozarbayjon Milliy kutubxonasi direktoriga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, uchrashuvdan juda mamnun ekanliklarini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida mehmonlarga “Ozarbayjon Milliy kutubxonasi. Fotoalbom”, “Shusha star of Karabagh”, “Ozarbayjon xaritasi”, “Salom Ozarbayjon” va “Ozarbayjon gilamlari jahon kolleksiyalarida” kitoblari taqdim etildi.
Qayd etish joizki, Milliy kutubxonadan tashqari Haydar Aliyev saroyi, Akademik musiqali teatr, Icherishahar davlat qo‘riqxonasi va Dengiz bo‘yi bulvari ma’muriyati hududida ham tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
22.06.2023