Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Milliy Kutubxonasida “Oʻzbek adabiyoti goʻshasi”ning
ochilishi boʻlib oʻtdi.


Bokuda Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida 2-avgust kuni Ozarbayjon Milliy Kutubxonasida “Oʻzbek adabiyoti goʻshasi”ning ochilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston va Ozarbayjonning madaniyat vazirlari ishtirok etdi.

Avvalo, mehmonlar “Oʻzbek adabiyoti goʻshasi” bilan tanishdilar.
Tadbirda Milliy Kutubxonaning direktori, professor Karim Tohirov aziz mehmonlarni kutubxonada koʻrib turganidan mamnun ekanini bildirdi.

Karim Tohirov Ozarbayjon Milliy Kutubxonasining Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasi bilan oʻzaro hakorligi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida soʻzladi.

U kutubxona fondida mavjud boʻlgan oʻzbek adabiyoti va oʻzbek adabiyotiga doir Milliy Kutubxonada yaratilgan doimiy goʻsha haqida delegatsiya aʼzolariga maʼlumot berdi.

Tadbir doirasida Milliy Kutubxonada oʻzbek adabiyotining atoqli namoyondasi Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asarining ozarbayjon tiliga tarjima qilingan yangi nashri taqdim etildi.

Qayd etish joizki, 1-4 avgust kunlari Bokuda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Madaniyat Vazirligi tashkilotchiligida tashkil etilgan madaniyat kunlarida taniqli oʻzbek sanʼatkorlarining ishtirokida katta konsert dasturi, shuningdek, teatr tomoshalari namoyishi, kitob koʻrgazmasi hamda boshqa tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

02.08.2023

SO'NGI YANGILIKLAR

Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint