XABARLAR 2023
Oʻzbekiston madaniyat kunlari muhtasham konsert dasturi bilan yakunlandi.
Bokuda oʻtkazilgan Oʻzbekiston madaniyati kunlari oʻz nihoyasiga yetdi.
Oʻzbekiston Madaniyat vazirligining tashkilotchiligida amalga oshirilgan tadbirlar doirasida Bokuning bulvar maydonida taniqli oʻzbek sanʼatkorlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Madaniyat kunlarining yopilish marosimi uchun tashkil etilgan tadbirda taniqli sanʼatkorlar qatorida Oʻzbekiston xalq artistlari Nasiba Abdullayeva, Farrux Zokirov, Abduhoshim Ismoilov, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova, Jenisbek Piyazov, Samandar Alimov va boshqalar boy repertuarlari bilan muslixlar qarshisida chiqish qilishdi.
Konsert davomida sanʼatkorlar oʻz repertuaridagi eng mashhur qoʻshiqlarni ijro etishdi.
Oʻzbekistondan yurtimizga tashrif buyurgan sanʼatkorlar oʻzlarining betakror chiqishlari bilan buyuk tarixga, boy madaniyatga ega ekanliklarini yana bir bor namoyish etdilar.
Tadbirda Oʻzbekistondan koʻplab mehmonlar hamda Bokuda yashovchi ushbu mamlakat fuqarolari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston folklor ustalarining konsert dasturi qiziqish bilan kutib olindi.
04.08.2023