XABARLAR 2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy
kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
22-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifi bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ikki mamlakat davlat bayroqlari hilpiragan maydonda Oʻzbekiston Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyevani kutib oldi.
Faxriy qorovul boshligʻi Oʻzbekiston Prezidentiga xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon askarlarini qutladi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul oldidan oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasining davlat madhiyalari yangradi.
Ozarbayjon delegatsiyasi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyevaga, Oʻzbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyevaga tanishtirildi.
Faxriy qorovul harbiy yurish sadolari ostida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarshisida yurish qildi.
Davlat rahbarlari va xonimlar birgalikda suratga tushishdi.
23.08.2023