XABARLAR 2023
Ozarbayjon-Oʻzbekiston hujjatlari imzolandi.
22-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvidan soʻng, Ozarbayjon-Oʻzbekiston hujjatlarini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma” imzoladilar.
Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov “Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Isteʼmol bozorini monopoliyaga qarshi tartibga solish va nazorat qilish Davlat xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Qoʻmitasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida protokol” ni imzoladilar.
Ozarbayjon Respublikasi raqamli rivojlanish va transport vazirining oʻrinbosari Rahmon Hummatov va Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov “Ruxsatnoma blankalarini elektron almashish uchun axborot tizimini joriy etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida protokol”ga qoʻl qoʻyishdi.
Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Odil Karimli va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Protokol”ni imzolashdi.
Ozarbayjon Respublikasi energetika vaziri Parviz Shahbozov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov “Energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisida Bitim” imzoladilar.
Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov hamda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Ozarbayjon Respublikasi Xavfsizlik Kengashi kotibiyati xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum”ni imzoladilar.
Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Ozarbayjon Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vizasiz kirish va chiqish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Protokol”ni imzolashdi.
Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Yoshlar siyosati va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim” imzoladilar.
Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Ozarbayjon Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida media sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha Yoʻl xaritasi”ni imzoladilar.
Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Ozarbayjon Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 2023-2024 yillarga moʻljallangan har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirish boʻyicha Yoʻl xaritasi”ni imzoladilar.
Qayd etish joizki, tashrif davomida jami 20ta hujjat imzolandi.
23.08.2023