Fuzuliyda Mirzo Ulugʻbek nomidagi 1-umumtaʼlim maktabining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
23-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, birinchi xonim Mehribon Aliyeva va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva Fuzuliyda qurilgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi 1-umumtaʼlim maktabining ochilish marosimida ishtirok etishdi.
Davlat rahbarlari va ularning rafiqalari dastlab yangi oʻquv yilida mazkur maktabda oʻqishni boshlaydigan oʻquvchilar, shuningdek, bu yerda ishlaydigan oʻqituvchilar bilan uchrashib, suhbatlashdilar.
Prezident Ilhom Aliyev: Salom bolalar, yaxshimisiz?
Bolalar: Salom, yaxshimiz.
Ayol rezident: Xush koʻrdik, janob Prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Assalomu alaykum.
Ayol rezident: Assalom, xush kelibsiz.
Birinchi xonim Mehribon Aliyeva: Gullar bor, atirgullar bor, salom bolalar, salom.
Ayol rezidentlar: Salom, xush koʻrdik, Mehribon xonim.
Prezident Ilhom Aliyev: Bolalar, bu maktabni mening qardoshim, hurmatli Shavkat Miromonovich, Fuzuliy shahriga hadya qildi. Sizdan qardoshim bilan samimiy salomlashishingizni soʻrayman.
Maktab direktori Hojar Mahmudova: Janob Prezidentlar, men ham sizning ruxsatingiz bilan sizlarga bu yerdagi oʻqituvchilarimiz, oʻquvchilarimiz, ota-onalarimiz nomidan salom yoʻllayman. Sizni ushbu ajoyib maktabda koʻrib turganimizdan faxrlanamiz. Oʻttiz yil oldin 26 yoshida ushbu shaharni tark etgan fuqaro sifatida men bu yerga deyarli bir xil sanalarda ‒ bir kunlik farq bilan qaytdim. Bizga bu lahzalarni berganingiz uchun tashakkur bildiramiz, gʻolib armiyamizdan minnatdormiz. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan va Oʻzbekiston xalqidan ushbu ajoyib maktabni qurib, bizga bergani uchun minnatdormiz. Biz Janob Mirziyoyevdan Fuzuliy aholisining ushbu minnatdorchiligini oʻz xalqiga, oʻzbek xalqiga yetkazishini soʻraymiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Katta rahmat.
Hojar Mahmudova: Biz pedagoglar jamoasi aʼzolari kelajakda ushbu maktabda tahsil oladigan oʻquvchilarning yuksak bilim va koʻnikmalarga, milliy va maʼnaviy qadriyatlarga ega fuqarolar boʻlib yetishishlari uchun astoydil harakat qilamiz, deb ishontiramiz. Sizdan minnatdormiz, yana bir bor rahmat.
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Sogʻ boʻling.
Prezident Ilhom Aliyev: Rahmat. Bu maktabga Mirzo Ulugʻbek nomi berildi.
Hojar Mahmudova: Ha, Amir Temurning nabirasi.
Prezident Ilhom Aliyev: Ha, Amir Temurning nabirasi, oʻzbek xalqining buyuk farzandining nomi berildi. Ushbu maktab Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstligi, birodarligi markaziga aylanadi.
Hojar Mahmudova: Biz bunga harakat qilamiz. Oʻzbekiston Prezidentiga, oʻzbek xalqiga rahmat, minnatdormiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Rahmat.
x x x
Davlat rahbarlari maktabning ramziy ochilishiga bagʻishlangan lentani kesdilar.
x x x
Prezident Ilhom Aliyev: Xayrli, omadli boʻlsin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Inshaalloh, muvaffaqiyatli boʻladi.
Keyin esdalikka suratga tushildi.
Soʻngra davlat rahbarlari va ularning rafiqalariga maktabda yaratilgan sharoitlar haqida maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻzbek xalqi nomidan sovgʻa sifatida Fuzuliyda bunyod etilgan maktab 960 oʻquvchiga moʻljallangan. Oʻtgan yili boshlangan qurilish ishlari yuqori sifatda amalga oshirildi. Uch gektar maydonda qurilgan maktab binosi ikki qavat va podvaldan iborat. Maktabda 40 ta oʻquv xonasi, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional oʻquv xonasi, 500 oʻrinli majlislar zali, sport zali, 320 oʻrinli oshxona, kutubxona mavjud. Maktab hovlisi hududida futbol maydoni, dam olish va tadbirlar uchun joylar, yugurish yoʻlaklari, suhbat xonalari, nazorat punkti, qozonxona, suv idishlari, transformator podstansiyasi qurilgan. Qurilish ishlari yuqori sifatli amalga oshirilmoqda.
Soʻngra, maktabning majlislar zalida bajarilgan ishlar haqida video namoyish etildi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ozarbayjon biz uchun yaqin doʻst va vaqt sinovidan oʻtgan ishonchli strategik sherik” degan soʻzlari tasdigʻi boʻlgan ushbu maktabning qurilishi qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarning yuksak darajasidan dalolat beradi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham Oʻzbekistonning Fuzuliy tumanida katta maktab qurish tashabbusini mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamjihatlik, doʻstlik va birodarlikning navbatdagi qadami sifatida yuqori baholadi.
23.08.2023