XABARLAR 2023
Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston Prezidentlari va xonimlari
Shushaga stashrif buyurishdi.
23-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, birinchi xonim Mehribon Aliyeva, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva Shushaga tashrif buyurishdi.
Davlat rahbarlari va ularning turmush oʻrtoqlari birinchi boʻlib Saatli masjidini borib koʻrishdi.
Prezident va uning turmush oʻrtogʻiga berilgan maʼlumotga koʻra, masjid 1883-yilda meʼmor Karbaloyi Safixon Qorabogʻiyning loyihasiga binoan qurilgan. XIX asrning meʼmoriy yodgorligi boʻlgan Saatli masjidi qurilgan joyda ilgari mulla Panoh Voqif dars bergan madrasa va masjidning qoʻshni binolari mavjud edi. Shusha shahrini bosib olish paytida, boshqa masjidlar singari, Saatli masjidi ham armanlar tomonidan vayron qilingan. 2021-yil dekabr oyidan boshlab Haydar Aliyev jamgʻarmasi masjidda restavratsiya ishlarini boshladi va uning ochilishi shu yilning may oyida boʻlib oʻtdi.
Soʻngra Prezidentlar va ularning rafiqalari Haydar Aliyev jamgʻarmasi tomonidan tiklangan Ijodiy Markazda “Haydar Aliyev va Qorabogʻ” koʻrgazmasini tomosha qilishdi.
Prezident yordamchisi Anar Alakbarov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va xonimiga Markaz hamda koʻrgazma haqida maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, Ijodiy Markaz Haydar Aliyev jamgʻarmasi tomonidan olib borilgan restavratsiya ishlaridan soʻng joriy yilning 10-may kuni foydalanishga topshirilgan. Bino milliy ahamiyatga ega meʼmoriy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Qayd etilishicha, “Haydar Aliyev va Qorabogʻ” koʻrgazmasida Umummiliy Liderning Qorabogʻ ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti sohasidagi xizmatlari aks etgan nodir fotosuratlar, hujjatlar va videomateriallar namoyish etilgan. Koʻrgazmada, shuningdek, Umummiliy Liderning Qorabogʻga tashriflari, bu yerda oʻtkazilgan uchrashuvlar va turli tadbirlar bilan bogʻliq fotosuratlar taqdim etilgan.
1969-yildan boshlab Qorabogʻ va Sharqiy Zangazur tarixida katta burilish boshlanganiga eʼtibor qaratildi. Oʻz xalqining buyuk muxlisi boʻlgan Haydar Aliyev ogʻir tarixiy sharoitlarda mintaqa hayotining barcha sohalarida keng islohotlar olib borishgaga erishdi. 1979-yilning 12-yanvarida Umummiliy Lider ishtirokida Agʻdam-Xonkendi temir yoʻli ochildi. Bu Umummiliy Lider Haydar Aliyevning Qorabogʻ va Ozarbayjonning boshqa mintaqalarini xoʻjalik va iqtisodiy birlashtirishdagi strategik qadami va ulkan tarixiy xizmati boʻldi. Umummiliy Lider Shushaning rivojlanishiga ham alohida ahamiyat bergan hamda bu borada izchil faoliyat olib borgan.
Shundan soʻng Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, birinchi xonim Mehribon Aliyeva va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva Ozarbayjonning mashhur shaxslari Notavon, Bulbul va Uzeyir Hojibekovning ishgʻol paytida armanlar tomonidan avyron qilingan haykallarini koʻzdan kechirishdi.
Mehmonlar eʼtiboriga ishgʻol paytida armanlar ushbu haykallarni Armanistonga olib borib, eritib yubormoqchi boʻlganligi havola etildi.
Taʼkidlanishicha, Umummiliy Lider Haydar Aliyev tashabbusi bilan bu haykallar Armanistondan Ozarbayjonga olib ketilgan va Bokudagi sanʼat muzeyi hovlisida saqlangan. Shusha ishgʻoldan ozod qilingandan soʻng, ushbu haykallar Prezident Ilhom Aliyevning koʻrsatmasi bilan avvalgi joylariga oʻrnatildi.
Soʻngra, oliy mehmon va uning rafiqasi Shushaning Bosh rejasi bilan tanishdilar.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Shusha tumanidagi maxsus vakili Oydin Karimov muhtaram mehmon va uning rafiqasiga shaharning bosh rejasi haqida maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, shaharning bosh rejasini ishlab chiqishda uning tarixiy buyukligini saqlash asos qilib olingan. Ozarbayjonning madaniy poytaxtida amalga oshirilayotgan barcha loyihalar tarix va zamonaviylik birligi asosida qurilgan. Bosh rejada Shushada oʻrta, yuqori va aralash zichlikdagi turar-joy binolari qurilishi, shahar markazining joylashuvi, quriladigan va saqlanadigan tarixiy binolar va yodgorliklar aks ettirilgan. Hozirda bosh rejaga muvofiq Shushada restavratsiya va rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.
Notavon bulogʻi bilan tanishish chogʻida Shusha ishgʻoldan ozod qilinganidan koʻp oʻtmay foydalanishga topshirilgan “Xon qizi” favvorasi shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri ekanligi qayd etildi. Xon qizi Xurshidbonu Notavon nafaqat shoir, balki saxiyligi bilan ham tanilgan. Bir paytlar Notavon davrida shaharda yoʻlga qoʻyilgan suv yoʻli “Xon qizi” bulogʻi nomi bilan mashhur boʻlgan. Istilo davrida suvi qurigan buloqdan yana shahar aholisi va mehmonlar foydalanishgan.
Oʻzbekiston Prezidenti va uning rafiqasi Yuqori Gavhar ogʻa masjidi bilan tanishdilar. Maʼlum qilinishicha, Yuqori Gavhar ogʻa masjidi milliy ahamiyatga ega tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan. Shusha shahrini bosib olish paytida bu masjid armanlar tomonidan vayron qilingan. 2021-yil oxirida qayta tiklash ishlari boshlangandan soʻng, shu yilning may oyida masjid ochilgan.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Prezidenti rafiqasi bilan Bulbul uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.
Oliy mehmon va uning rafiqasiga maʼlumot bergan Poʻlat Bulbuloʻgʻlining aytishicha, Umummilliy Liderning koʻrsatmasi bilan, sobiq Shusha Shahar Xalq Deputatlari Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi 1982-yil 31-avgustdagi qarori bilan Bulbul tugʻilgan va yashagan uyni muzeyga aylantirishga qaror qilinganini aytdi. Bino 1982-1983 yillarda taʼmirlanib, muzey ekspozitsiyasi oʻrnatildi va uning oldida maʼmuriy bino qurildi. Uy-muzey Birinchi Qorabogʻ urushi davrida 1992-yilda arman vandalizmi tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Shusha ishgʻoldan ozod qilingandan soʻng, Bulbul uy-muzeyida ham restavratsiya ishlari olib borilib, 2021-yilning 29-avgust sanasida muzeyning ochilishi boʻlib oʻtdi.
Mehmondarovlar koʻchmas mulk majmuasi bilan tanishish paytida ushbu majmua XVIII asrda Mehmondarovlar oilasi vakillari tomonidan qurilganligi taʼkidlandi. Majmua katta va kichik turar-joy binolari, oilaviy masjid va buloqni oʻz ichiga oladi.
Taʼkidlanishicha, 2021-yil oktabr oyidan boshlab Haydar Aliyev jamgʻarmasi tomonidan Mehmandarov koʻchmas mulk majmuasi, oilaviy masjid va hududdagi buloqda taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda. Uyning hovlisida XX asr boshidagi tarixiy fayton oʻsha davr texnologiyalariga uygʻun tarzda tiklangan. Amalga oshirilgan ishlardan soʻng koʻchmas mulk majmuasida muzey ekspozitsiyasi yaratildi. XIX asr oxiri ‒ XX asr boshlarida Qorabogʻ zodagonlari uyining interyerlari, ziyolilar hayotining oʻziga xos xususiyatlaridan “Qorabogʻ zodagonlari uyi” mavzusidagi ekspozitsiyani tuzishda foydalanilgan. Zodagon malika saroyining yashash xonasi uyning yuzi boʻlgani uchun bu yerda eng zamonaviy interyer elementlaridan foydalanilgan. Xonada milliylikni namoyish etadigan elementlar ham mavjud. Interyerda oʻsha paytdagi fotoramkalardagi maʼlumotlar hamda portretlar osilgan. Interyer taassurotini buzmaslik uchun fotosuratlar va maʼlumotlar uchun ramkalar davrga uygʻun tarzda hozirlangan. Fotosuratlar Shushaning mashhur zodagon oilalari – Mehmondarovlar, ular bilan oilaviy bordi-keldi qilgan Rustambekovlar, Vazirovlar, Qajarlarga tegishlidir. Saroydagi xonalar milliy buyumlar, shuningdek, Yevropa uslubidagi uy-roʻzgʻor buyumlari bilan bezatilgan. Xonalar XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi interyer qoidalariga muvofiq oʻsha davr eksponatlari bilan bezatilgan. Koʻrgazma dizaynida 150 dan ortiq qadimiy buyumlar ishlatilgan.
Shundan keyin Davlat rahbarlari va ularning rafiqalari Jidir tepaligiga tashrif buyurishdi.
Oliy mehmon va uning rafiqasiga Jidir tepaligi Shushaning ramzlaridan biri ekanligi, tarixan bu Jidir va mahalliy turkiy aholi Qorabogʻ xonligi davridan beri Navroʻz bayrami va boshqa xalq bayramlarini oʻtkazgan hudud ekanligi maʼlum qilindi.
Shusha bilan tanishish mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
23.08.2023