Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbek matbuotida Armaniston tomonidan Ozarbayjon yerlarida sodir etilgan ekoterror, Ozarbayjon eko-faollarining norozilik harakatlari haqida bir qator maqolalar eʼlon qilindi


Oʻzbekistonning nufuzli www.xabar.uz, darakchi.uz, azon.uz, www.qalampir.uz, marifat.uz veb-saytlarida Armaniston tomonidan Ozarbayjon yerlarida sodir etilgan ekologik terror, Ozarbayjon eko-faollarining norozilik harakatlari haqida koʻplab maqolalar chop etildi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, eʼlon qilingan maqolalarda Armaniston tomonidan Ozarbayjon yerlarining qariyb oʻttiz yil davomida bosib olinishi, aholi punktlari, tarixiy va diniy yodgorliklar, infratuzilma butunlay vayron qilingani, hududlarimizda haqiqiy ekologik terror amalga oshirilib, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga qarshi vahshiylik va ekologik mintaqada falokat sodir etilgani kabi masalalar yoritilgan.

Maqolalarda taʼkidlanishicha, Ozarbayjon yerlari Armaniston tomonidan bosib olingan paytda keng madaniy va ekologik vandalizm amalga oshirilganligi va Ozarbayjon davlati oʻzining suveren huquqidan foydalanib, ushbu jinoyatlar hamda zararlar uchun Armanistonga qarshi xalqaro arznoma bilan murojaat qilishi mumkin.

“Qorabogʻda Rossiya tinchlikparvar kuchlarining harakatsizligi fonida, ular nazoratidagi Ozarbayjon hududlarida davom etayotgan ekologik terror va bunga qarshi norozilik sifatida Ozarbayjonlik eko-faollar tomonidan 50 kun davomida norozilik bildirilishi, Xonkendi-Lochin yoʻlida oʻtkazilgan tinch aksiya maqolalarida keng yoritilgan.

Qayd etilishicha, Rossiya tinchlikparvar kuchlari tomonidan nazorat qilinayotgan Ozarbayjon yerlaridagi tabiiy resurslar, foydali qazilma konlari armanlar hamda ularning qoʻllovi bilan xorijiy kompaniyalar tomonidan noqonuniy va shafqatsiz tarzda ekspluatatsiya qilinmoqda va Ozarbayjondagi jamiyat vakillari, ekologik faollar ushbu terrorga qarshi tinch harakatlar olib borayotganiga xalqaro hamjamiyat eʼtiborini jalb qilmoqchi.

Qalampir.uz xabar portal tomonidan eʼlon qilingan maqolada Boku Armaniston Ozarbayjonning Qorabogʻ mintaqasini bosib olish paytida atrof-muhit va bioxilma-xillikni keng miqyosda yo'q qilish uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishni talab qiladigan birinchi davlatlararo arbitraj jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisida tarqatilgan maʼlumotlarga ishora qiladi va qayd etilishicha, “2023-yilning18-yanvarida Ozarbayjon u yovvoyi fauna, flora va tabiiy yashash muhitini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bern Konvensiyasiga muvofiq Yevropada birinchi davlatlararo arbitraj jarayonini boshladi. Maqolada arbitraj jarayonining bir qismi sifatida, Ozarbayjon Armanistondan Bern Konvensiyasining davom etayotgan barcha qoidabuzarliklarni toʻxtatish hamda avval ishgʻol qilingan hududlarda atrof-muhit qirgʻini uchun toʻliq tovon toʻlashni talab qilishi alohida qamrab olindi.

Oʻzbekistonning www.azon.uz saytidan joy olgan maqolada esa oʻtgan yilning 11-dekabr sanasida Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi Ozarbayjon hududida vaqtincha joylashgan rus tinchlikparvar kuchlari faoliyati munosabati bilan Rossiyaga norozilik notasini yuborgani va Rossiya harbiylarini ushbu hududlardagi nazoratsiz ekologik sharoitlarda aybladi. Unda taʼkidlanishicha, Armaniston daʼvo qilganidek, Xonkendi-Lochin yoʻli toʻsib qoʻyilmagan, aksincha, armanlar jahon afkor-ommasini yolgʻon maʼlumotlar bilan chalgʻitmoqda. Ozarbayjon tuproqlarida sodir etilgan ekologik terrorga qarshi olib borilgan namoyishlarga qaramay, yoʻlning gumanitar maqsadlar uchun Ozarbayjon tarafidan ochiq ekaniga urgʻu qaratilgan.

Maqolalar bilan quyidagi linklar orqali tanishish mumkin:
marifat.uz
xabar.uz
qalampir.uz
xabar.uz
darakchi.uz
azon.uz
azon.uz/content/views/51710

28.01.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint