Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazidagi “Ozarbayjon O‘zbekiston do‘stligi muzeyi” da Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yiligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston fan, madaniyat va san’at namoyandalari, shoir va yozuvchilar, oliy maktab o‘qituvchilari, mahalliy aholi vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastlab Ozarbayjon va O‘zbekiston prezidentlarining o‘zaro tashriflariga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. So‘ngra Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbosov mehmonlarni qutlab, Ozarbayjon va O‘zbekistonda mustaqillikka erishgandan keyin amalga oshirilgan yirik islohotlar haqida so‘z ochdi.

Oʻzbek va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va qardoshlik rishtalari tarixan mavjud bo‘lganiniga markaz direktori alohida urgʻu berdi.

S.Abbasov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga uch marta tashrif buyurganini alohida ta’kidlar ekan bu tashriflar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning yuksalishida davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yuksak saviyasining ifodasi ekanini ta’kidladi. Diplomat, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston hukumati hisobidan qurib bitkazilgan Fuzuli shahridagi Ozarbayjonga sovg‘a qilingan maktab haqida ham batafsil ma’lumot berdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan professor Nigina Shermuhammedova ozarbayjon va o‘zbek xalqlarining an’anaviy do‘stligining tarixiy ildizlari haqida soʻz ochar ekan, mustaqillik yillarida Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarining rivojini ham alohida eʼtirof etdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yanada rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

So‘zga chiqqan dotsent Ra’no Qodirova, shoira Nargiza Asadova, shoir Ali Nosirli va boshqalar davlatlarimiz oʻrtasidagi mavjud munosabatlar, do‘stlik, qardoshlik aloqalari haqida so‘z yuritib, bu yuksak darajadagi munosabatlarni saqlab qolish va rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

Tadbirda Madaniyat markazi qoshidagi Kovkab Aliyeva nomidagi “Ozarbayjon” raqs ansambli a’zolari Ozarbayjon milliy raqslarini namoyish etdi.

01.09.2023

SO'NGI YANGILIKLAR

Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint