Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Vikipediya” xalqaro elektron ensiklopediyasida Ozarbayjonning atoqli shoiri Ahmad Javod haqida o‘zbek tilida bo‘lim ochildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan “Vikipediya” xalqaro elektron ensiklopediyasida Ozarbayjon milliy mafkurasining asosiy namoyandalaridan biri, ko‘zga ko‘ringan arbob, badiiy fikrining siymosi, mustaqil shoirimiz Ahmad Javod haqida o‘zbek tilida “Ahmad Javod” bo‘limi ochildi.

Ozarbayjon madaniyat markazining “Vikipediya” xodimlari tomonidan tashkil etilgan bo‘limda shoirning hayoti, ijodi, Ozarbayjon adabiyoti va milliy mafkurasiga qo‘shgan hissasi, jamoat faoliyati va h.k. ma'lumotlar kiritilgan.

Hammasi boʻlib 5 boʻlim (15 boʻlimdan) hamda boy adabiyotlar roʻyxati va havolalardan iborat viki-maqola Ahmad Javod hayoti va ijodi, uning faoliyati haqida toʻliq va keng maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Bo‘limda shoirning Ganjada o‘qigan yillaridayoq she’riyatga ilk bor qiziqqanligi, 1910 yildan boshlab turli gazeta va jurnallarda lirik she’rlari, tanqidiy maqolalari bilan chiqish qilgani qayd etilgan. Ahmad Javod oʻzining ilk sheʼrlarini mumtoz ruboiy va gʻazal shakllarida yozgan. Ular orasida nisbatan xalq tiliga, oshiq ijodiga asoslangan misollar ham bor.

Wiki-maqolada Ahmad Javod ijodining durdona asari hisoblangan “Mavj urardi Qora dengiz”, “G’o’y-go’l” va uning ijodida alohida oʻrin tutgan boshqa sheʼrlari haqida maʼlumot berilgan boʻlib, uning Ozarbayjon Davlat madhiyasining muallifi ekanligi alohida taʼkidlangan.

“Ahmad Javod” deb nomlangan bo‘limda qalbi Vatan sevgisi bilan yonayotgan shoirning Vatanga, uning xalqiga bo‘lgan muhabbatini o‘z asarlarida aks ettirgani, milliy tuyg‘ularni ifoda etgani, ilm-fan, maorif, milliy uyg'onish va ona tili kabi masalalarni ko‘targanligiga alohida e’tibor qaratiladi.

30-yillardagi sho‘ro qatag‘onlari natijasida eng iste’dodli ziyolilar, so‘z ustalari, mustaqilligimiz uchun buyuk kurashchilar yo‘q qilingani, adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta zarba berilgani qayd etiladi. Ana shunday qatag‘on qurbonlaridan biri istiqlol shoiri Ahmad Javod edi.

Ushbu bo‘limda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Ahmad Javod ijodi, adabiyotdagi o‘rni haqidagi fikrlari o‘rin olgan. “Butun umri davomida xalqimizning mustaqillik g‘oyalariga sodiq qolgan Ahmad Javod Ozarbayjon she’riyatida yangi adabiy maktabga asos soldi. Shoirning boy ijodiy me'rosi, milliy ozodlik va istiqlol uchun kurash motivlarining yetakchi mavqei bilan ajralib turadi va o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy manzarasini to‘la aks ettiradi”.

Bo‘limda Ahmad Javod muallifligidagi Davlat madhiyasining musiqiy partiturasi, shoirning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Men haqiqat sadosiman” she’riy kitobi haqida ma’lumot, adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.

“Vikipediya” elektron ensiklopediyasida Ahmad Javad haqidagi oʻzbek tilidagi boʻlim bilan havolasi orqali tanishish mumkin.

06.09.2023

SO'NGI YANGILIKLAR

Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint