Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda Ozarbayjon milliy musiqa kuni munosabati bilan “Bashar madaniyati durdonasi – Ozarbayjon musiqasi” deb nomlangan tadbir dasturi bo‘lib o‘tdi.


Ozarbayjon milliy musiqa kuni munosabati bilan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida “Bashar madaniyati durdonasi – Ozarbayjon musiqasi” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab Madaniyat saroyi foyesida tashkil etilgan “Kavkaz konservatoriyasi – ozod Shusha” hamda Buyuk Yo‘lboshchi Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan foto va nashrlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Marosimda “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbariyati, O‘zbekiston fan, madaniyat va san’at namoyandalari, oliy maktablar professor-o‘qituvchilari, talabalar, mahalliy Ozarbayjonliklar ishtirok etdi.

Dasturxon ustida o‘tkazilgan musiqa bayramida Buyuk Lider Haydar Aliyevning Uzeyir Hojibeyovning milliy madaniyatimizga qo‘shgan hissasi haqidagi so‘zlari, Uzeyir Hojibeyov ijodi va Shusha shahrida Prezident Ilhom Aliyev ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlar haqidagi fikrlari, Xaribulbul festivaliga bag‘ishlangan videomaterial namoyish etildi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov mehmonlarni qutlab, Milliy musiqa kuni Ozarbayjonning zamonaviy professional musiqa san’ati asoschisi, musulmon Sharqidagi ilk opera muallifi, daho bastakor, musiqashunos, publitsist, pedagog, jamoat arbobi Uzeyir Hojibeylining tavallud kuni munosabati bilan tashkil etilganini ta’kidladi.

U 18-sentabr – Uzeyir Hojibeylining tavallud topgan kuni Buyuk Yo‘lboshchi Haydar Aliyevning farmoni bilan Ozarbayjonda Milliy musiqa kuni sifatida nishonlanganini alohida ta’kidlab, Ozarbayjonning boy madaniyati va musiqa san’atining jahondagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.

So‘zga chiqqanlar,“O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti musiqa fakulteti dosenti Davron Qodirov o‘zbek va ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar haqida so‘z yuritib, tilimiz, dinimiz, an’analarimiz, xalqimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga alohida e’tibor qaratdi. Ozarbayjon musiqasi butun dunyoda tanilgani va sevilgani va doimo yangrayotgani qayd etildi. So‘zga chiqqanlar Ozarbayjon milliy musiqasining O‘zbekistonda ham keng tarqalganini ta’kidladilar.

Tadbirda Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshidagi Kaykeb Aliyeva nomidagi “Shusha” raqs ansambli “Uzundera” milliy raqsini namoyish etdi.

Xonandalar Rena Azizova, Davron Qodirov, Sevinch Ro‘zmetova, Nilufar Qo‘shoqova, Fotima Safoyeva Ozarbayjon va o‘zbek tillarida qo‘shiqlar kuylashdi, ozarbayjonlik musiqa ustasi Ilhom Abdullayev milliy kuylarni, o‘smir pianinochi Ali Abbosli fortepianoda “Dada Qo‘rqud” dostonidan parcha ijro etdi.

Tadbirda 30 yildan so‘ng Qorabog‘ farzandi, dunyoga mashhur bastakor Uzeyir Hojibeyovning vatani, Ozarbayjon musiqasining beshigi, turkiy dunyoning madaniy poytaxti Shusha shahri arman istilosidan ozod qilingani g‘urur bilan ta’kidlandi. Bugun Ozarbayjon davlatining oqilona siyosati samarasida ozod Shusha shahrida keng ko‘lamli restavratsiya va qurilish ishlari olib borilmoqda, xalqaro madaniy tadbirlar va festivallar o‘tkazilmoqda, ushbu madaniyat poytaxtida daho ijodkor Uzeyir Hojibeyov byusti va haykali qayta o‘rnatildi.

19.09.2023

SO'NGI YANGILIKLAR

Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint