Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistondagi “Yil tanlovi - 2022” da Toshkendagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi “Yilning eng faol madaniyat markazi” nominatsiyasiga loyiq koʻrildi


Oʻzbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari, respondentlar, taniqli shaxslar va jamoatchilik vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan onlayn soʻrov natijalari maʼlum boʻldi. Shu munosabat bilan Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Panorama Kino saroyida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston hukumat namoyandalari, jamoatchilik vakillari, fan, madaniyat, taʼlim arboblari, deputatlar, jurnalistlar, blogerlar ishtirok etdi.

Oʻtkazilgan jamoatchilik fikri soʻrovida mamlakatda faol faoliyat yuritayotgan, matbuot bilan yaqin hamkorlik qilayotgan, oʻz faoliyatida shaffoflikka erishayotgan, fuqarolik jamiyati va jamoatchilik bilan samarali hamkorlik qilayotgan davlat va nodavlat idoralari, jamoat tashkilotlari oʻrtasida anʼanaviy “Yil tanlovi - 2022” natijalari sarhisob qilindi.

Ijtimoiy soʻrov koʻplab respondentlar, jurnalist va blogerlar, jamoatchilikning faol aʼzolari fikriga asoslanib, “Yilning eng yaxshi hududi”, “Yilning eng namunali vazirligi”, “2022-yilning eng faol deputati”, “Yilning eng faol matbuot kotibi” kabi nominatsiya gʻoliblari taqdirlandi.

Taʼkidlash joizki, jamoatchilik fikri soʻrovida ushbu talablarga javob bermaydigan davlat muassasalari va idoralarining nomlari ham eʼlon qilindi.

Berilgan ovozlarga koʻra Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy tashkilotlar orasida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi “Yilning eng faol madaniyat markazi” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Shu munosabat bilan diplom Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasovga topshirildi.

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari qatorida Turkiya Respublikasining elchixonasi ham “Yilning eng faol elchixonasi” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.

Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalari va shuningdek jamoatchilik orasida xolisligi va shaffofligi bilan ajralib turadigan ushbu yillik soʻrov natijalari mamlakat jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotib, matbuotda keng yoritilmoqda. Ushbu soʻrov natijalariga mamlakatda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalari, tashkilotlar hamda hokimiyat organlari ham katta ahamiyat berishadi.

Tanlov natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda “Eng namunali davlat tashkiloti” deb Yoshlar ishlari agentligi, “Yilning eng namunali viloyat hokimligi” deya Samarqand viloyati hokimiyati, “2022-yilning eng faol deputati” sifatida Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati Rasul Kusherbayev loyiq koʻrildi.

Tadbirda jurnalistlar, ijodkor shaxslarning faoliyati keng yoritilib, badiiy dastur ham namoyish etildi.

30.01.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint