Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonning Urganch Davlat Universitetida ozarbayjon adibi Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti Markazi ochildi.


Joriy yilning 23-26 oktyabr kunlari O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi va tashkilotchiligida O‘zbekistonning Toshkent va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan “Ozarbayjon madaniyati va she’riyati haftaligi” doirasida Xorazm viloyati, Urganch shahridagi Urganch Davlat Universitetida Ozarbayjonning taniqli adabiyot va jamoat arbobi Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazi ochildi.

Mehmonlar dastlab Urganch Davlat Universiteti bilan tanishdi. O‘zbekistonning Xorazm viloyatidagi eng qadimiy oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Urganch Davlat Universiteti 1925-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda universitetning 9 fakultetida 20 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan Urganch Davlat Universiteti qoshida tashkil etilgan Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon Madaniyati va Adabiyoti Markazining rasmiy ochilish lentasi kesilganidan so‘ng tashkil etilgan Markaz bilan tanishtirildi.

Urganch Davlat Universiteti qoshida tashkil etilgan Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon Madaniyati va Adabiyoti Markazi Ozarbayjon tarixi, madaniyati, adabiyotiga oid kitoblar, nashrlar, disklar, darsliklar, milliy suvenirlar, burchaklar, davlat rahbarlarining uchrashuvlari portretlari, xaritalar, Ozarbayjon adabiyot va san’at namoyandalarining portretlari, davlat atributlari joylashtirilgan, shuningdek, zarur jihozlar, kitob javonlari va ofis mebellari bilan jihozlangan.

Mazkur markazga Umummilliy Yetakchi Haydar Aliyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning boy kitoblar to‘plami, jumladan, Ozarbayjon madaniyat markazi nashrlari, Ozarbayjon adabiyoti, tarixi va madaniyatiga oid bosma kolleksiyasilar taqdim etildi.

Yangi tashkil etilgan Markazda Ozarbayjon tarixi, madaniyati, adabiyoti haqida soʻzlovchi mini kutubxona, ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlikka pir tadbirlar, maʼruza va seminarlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Dastlab so‘zga chiqqan Urganch Davlat Universiteti rektori, professor Bahrom Abdullayev Ozarbayjon bilan aloqalar rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirib, bunday markaz tashkil etilganini universitet uchun muhim voqea sifatida baholadi. Rektor mazkur markaz o‘zbekistonlik yoshlarning Ozarbayjon madaniyati, tarixi va adabiyotini o‘rganishida, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-adabiy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon-O‘zbekiston madaniy aloqalari haqida gapirib, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan bu sohada amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. Samir Abbasov Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari va kutubxonalarida o‘nga yaqin shunday markazlar tashkil etilganini ta’kidladi.

Diplomat bu kabi Markazlarning o‘zbek yoshlariga Ozarbayjon madaniyati va tarixini o‘rganish imkoniyatini berish bilan birga, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashkiloti bilan kelajakda ular uchun ozarbayjon tili kurslari onlayn tarzda tashkil etilishini ta’kidladi. U Ozarbayjonning taniqli adibi Yusif Vazir Chamanzaminli haqida ma’lumot berib, o‘zi ustozlik qilgan mazkur universitetda adib nomidagi bunday markazning ochilishini madaniyatimiz, adabiyotimiz muhim voqea sifatida qayd etdi.

So‘ngra so‘zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Saidov, o‘zbek yozuvchisi, tarjimon, publitsist Boboxon Sharif bunday markazlarning tashkil etilishi ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash barobarida ta’lim sohasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishini ta’kidlab, Ozarbayjon davlatiga minnatdorlik bildirdilar.

Ta’kidlash joizki, atoqli yozuvchi va jamoat arbobi Yusif Vazir Chamanzaminli 1938—40-yillarda Urganch Davlat Universiteti (o‘sha paytdagi Urganch Pedagogika Instituti)da o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

Yakunda Urganch Davlat Universiteti rektori, professor Bahrom Abdullayevga Ozarbayjonning boy madaniyati, Ozarbayjon xalqi iste’dodini namoyon etuvchi gilamdo‘zlik san’atiga bag‘ishlangan nafis Yerevan gilamlari kitobi sovg‘a qilindi.

27.10.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint