XABARLAR 2024
O‘zbekistonlik jurnalistlar AZƏRTAC (OZARTOJ) da ishlaydigan
hamkasblari bilan uchrashdi.
Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligining ko‘magi va o‘lkamizning O‘zbekistondagi elchixonasi, uning huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazining tashabbusi bilan Ozarbayjonda safarda bo‘lgan O‘zbekistonning matbuot namoyandalari bilan 25-oktabrda Ozarbayjon Davlat Axborot Agentligida (AZƏRTAC) uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining adminstratori Yusif Mammadov, O‘zbekistonning “aniq.uz” xabar saytining muxbiri Nizomjon Islomov, “kun.uz” internet saytining Xalqaro axborot bo‘limi muharriri Shuhrat Shokirjonov, “Ikbol TV” telekanali boshlovchisi Sevara Rahmagullayeva va operatori Xayrulla Quronboyev ishtirok etdi.
Ozarbayjon Davlat Axborot Agentligi Boshqaruv kengashi raisi Vugar Aliyev Ozarbayjon bilan O‘zbekiston o‘rtasida do‘stlik va qardoshlik munosabatlaridan so‘z ochib, bu aloqalarning yuksak darajada ekanligiga e’tibor qaratdi. Mamlakatlarimiz orasida aloqalarning mustahkamlanishida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning do‘stlik munosabatlari katta rol o‘ynashini qayd etdi. Prezident, Muzaffar Oliy Bosh Qo‘mondon Ilhom Aliyevning rahbarligi bilan shonli Armiyamizning 30 yillik bosqinga nuqta qo‘yganini, tuproqlarimizni ozod qilganini so‘zlagan Vugar Aliyev qayd etdiki, hozirda bu hududlarda barpo-qurilish ishlari yuksak darajada amalga oshirilmoqda.
O‘tmishda majburiy ko‘chirilganlarning ishg‘oldan ozod etilgan, o‘zlarining tug‘ilib o‘sgan yurtlariga joylashtirilishi bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda. Agentlikning rahbari, shuningdek Qorabog‘ning ishg‘oli davrida vayron etilgan tarixiy, diniy va me’morchilik obidalari, shuningdek Shushada o‘qqa tutilgan haykallar borasida atrofli ma’lumotlar berdi. Bu yaqinlarda O‘zbekistonda safarda bo‘lganini, bir qancha uchrashuvlar o‘tkazganini ta’kidlagan Ozarbayjon Davlat Axborot Agentligi Boshqaruv kengashi raisi o‘zbekistonlik jurnalistlar ozod etilgan tuproqlar bilan bog‘liq taassurotlarini, armanlarning uyushtirgan vandalizm aktlarini, shuningdek Ozarbayjonning yuzlashgan mina terrori borasidagi haqiqatlarni dunyoga yetkazishiga ishonchi komil ekanini bildirdi.
Mehmonlar ishg‘oldan ozod qilingan Fuzuliy, Shusha, Ag‘dam, Lochin va Zangilon tumanlariga qilgan safarlari taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar, mazkur hududlarda olib borilgan keng miqyosli qurilish-barpo ishlarining ularda ajoyib taassurotlar uyg‘otganini ta’kidladilar, ikki o‘lka o‘rtasida hamkorlik imkonlari haqida so‘z yuritdilar.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Qorabog‘da keng miqyosli yangidan qurish ishlarida ishtirokidan ham bahs etildi. O‘zbek jurnalistlari Fuzuliy shahrida O‘zbekiston tomonidan qurilgan Mirzo Ulug‘bek nomli 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ham ziyorat qilganliklarini bildirdilar. Mirzo Ulug‘bek nomli 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi mamlakatlarimiz orasida qardoshlik munosabatlarining bir namunasi ekani ham aytildi.
Mehmonlarga AZƏRTAC (OZARTOJ) da xabarlar ommaga yetkazilishi, xorijiy muxbirlar tarmog‘idagi yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi, media va jurnalistika haqida fikr almashildi.
Shuningdek, mehmonlar AZƏRTAC (OZARTOJ) binosi bilan tanishdilar. Umummilliy lider Haydar Aliyevning, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning va birinchi xonim Mehribon Aliyevaning matbuot bilan bog‘liq tadbirlardagi ishtirokini, mahalliy va xorijiy mediaga intervyularini, Muzaffar Oliy Bosh Qo‘mondonning Ikkinchi Qorabog‘ urushi davrida xalqqa murojaatlarini, ishg‘oldan ozod qilingan hududlarga qilgan safarlarini aks ettirgan fotostendlar bilan tanishdilar.
AZƏRTAC (OZARTOJ) ning turli davrlarda foydalangan texnik jihozlar namunalari o‘rin olgan muzey ham o‘zbekistonlik jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular agentlik tahririyatlari, multimedia tahririyatlari va boshqa bo‘limlarda ish sharoiti bilan tanishdilar, hamkorlari bilan suhbat qildilar.
Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan 2015-yildan bugungacha Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, madaniyati, adabiyotiga doir 120 dan ortiq nashr oʻzbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi.
Shuningdek, Markaz tomonidan Oʻzbekistonda bir qancha tadbirlar tashkil etilgan", - deya bildirdi u. Madaniyat Markazi tomonidan oʻtgan muddat davomida amalga oshirilgan koʻplab madaniy loyihalar, konferensiyalar, uchrashuvlar, doʻstlik konsertlar va imzolangan memorandumlar ikki oʻlka orasida hamkorlik uchun yangi imkonlar ochgani ham qayd etildi.
25.10.2024