Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda Nizomiy Ganjaviy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar jamiyati tashkil etildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashkilotchiligi va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda Ozarbayjon, Turkiya va Oʻzbekiston olimlarining ishtirokida “Nizomiy Ganjaviy ijodidagi turkiylik mafkurasi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilgan edi.

Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida tashkil etilgan ushbu xalqaro konferensiyada Ozarbayjon, O‘zbekiston va Turkiyaning Nizomiyshunos olimlari, Toshkentdagi oliy ta'lim muassasalarining pedagoglari, ilmiy tashkilotlarning tadqiqotchilari, ilmiy xodimlar va talabalar ishtirok etdilar.

Konferensiyaning yakuniy natijasi o‘laroq, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining qoshida Nizomiy Ganjaviy ijodiy merosining dunyoga tanishtirilishi, tadqiqi va targ‘ibotini amalga oshirish maqsadida Turkiy dunyoning Nizomiyshunos olimlaridan iborat Nizomiy Ganjaviy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar jamiyati ta'sis etildi va uning kelajakdagi faoliyat strategiyasi muzokara asosida qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy asoslar bilan tashkil etilgan Nizomiy Ganjaviy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar jamiyati Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, Ankara Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati, bir qancha davlatlardan universitetlar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, xalqaro ilmiy fondlar va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik doirasida faoliyat ko‘rsatadi va ushbu jamiyatning asosiy yetakchi a'zolari qayd etilgan tashkilotlarning mutaxassislari bo‘ladi.

“Nizomiy Ganjaviy ijodidagi turkiylik mafkurasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyasida chiqish qilgan va ma'ruza qilgan ishtirokchilar Nizomiy Ganjaviy ijodiy merosining tadqiqi va targ‘iboti borasidagi dastlabki bir qancha qiziqarli takliflarni o‘rtaga qo‘ydilar:

• Har yili mart oyining birinchi o'n kunligida Nizomiy Ganjaviy she'riyati kunlarining o‘tkazilishini an'anaviy tarzda tashkil etish va bu maqsadda Ganjada, Ozarbayjonda va dunyoda Nizomiy Ganjaviy kunlarining tashkil etilishi;

• Nizomiy Ganjaviy ijodiy merosining dunyoga tanishtirilishi, tadqiqi va targ‘ibotini amalga oshirish maqsadida ilmiy maqolalarning yozilishi, yetakchi ilmiy jurnallarda chop etilishi va bu ishning tashviqoti;

• Nizomiy Ganjaviy shaxsiyati, shoirning real obrazini jonlantirgan Ozarbayjon olimi, dramaturg O‘gtoy Salomzodaning “Asrlarning siri”, Mammad Said O‘rdubadinning “Qilich va qalam” romanlarining va bu boradagi asarlarning boshqa tillarga tarjimasi va uning nashr qilinishi;

• Nizomiy Ganjaviy ijodiyoti, daho mutafakkirning ijodiy merosi mavzusida xorijlik olimlarning mushtarak ilmiy tadqiqotlarining, hammualliflikdagi asarlarning, monografiyalarning yozilishi va nashri;

• “Nizomiy Ganjaviy obrazi Ozarbayjon, Alisher Navoiy obrazi O‘zbek adabiyotida” har ikki shoir turkiy dunyo adabiyotining eng tanilgan buyuk siymolari singari mavzularda mushtarak monografiyani nashrga tayyorlash;

• Avvalambor, turkiy davlatlarning ta'lim muassasalaridagi dars jarayonida Nizomiy Ganjaviy ijodiga katta e'tibor qaratilishi va bu boradagi ishlarning olib borilishi;

• Dunyo fondlarida, kutubxonalarida saqlanayotgan, daho shoirga oid bo‘lgan nashrlarning, qo‘lyozmalarning izlanishi, tadqiqi va ularning ko‘rgazmasini tashkil etish;

• Nizomiy Ganjaviy asarlaridagi unikal miniatyuralarning san'atda keng foydalanilishi (suvenir, gilam, banner, kundalik hayotda, kosalar, kashta tikish san'ati, milliy kiyimlar, yog‘och o‘ymakorligi, keramika, temir, zarb ishlari va boshqalarida);

• Nizomiy Ganjaviy asarlari asosida yaratilgan nafis miniatyuralardan iborat izohli katalog tayyorlash (Ozarbayjon, o‘zbek, turk, rus, ingliz va boshqa tillarda);

• Nizomiy Ganjaviy asarlarida turkiylarning nomlari, toponimlari, ellari, tarixiy makonlariga oid tadqiqotlarning olib borilishi va toponimlar asosida xaritaning tayyorlanishi;

• Nizomiy Ganjaviy asarlari asosida yangi miniatyuralarning yaratilishi va ularning ko‘rgazmasini tashkil qilish;

• Nizomiy Ganjaviy asarlari asosida tayyorlangan milliy kiyimlarning ko‘rgazmasi, yetti go‘zal obrazining taqdimoti;

• Nizomiy Ganjaviy asarlari asosida yangi musiqiy kompozitsiyalarning bastalanishi, ularning nota yozuvlarini yaratish va bu musiqiy asarlardan iborat kontsertlarning o‘tkazilishi;

• Nizomiy Ganjaviy ijodiy merosining dunyoga tanishtirilishi, tadqiqi va targ‘ibotini amalga oshirish maqsadida Turkiy dunyoning Nizomiyshunos olimlari o‘rtasida aloqa-munosabatlarni, hamkorlikni tashkil etish boʻyicha qo‘llab-quvvatlov;

• Nizomiy Ganjaviy ijodiyotiga, shaxsiyatiga oid birgalikda ilmiy konferensiyalarning, simpoziumlarning tashkil etilishi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bergan xabarga ko‘ra yaratilgan “Nizomiy Ganjaviy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar jamiyati” raisi vazifasiga taniqli o‘zbek olimi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori Nurboy Jabborov, ijrochi kotib lavozimiga esa Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Ganja bo‘limi Nizomiy Ganjaviy Markazi direktori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Alimuxtor Muxtorov tayinlandi.

Jamiyatning Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkiya ilmiy xodimlari, olimlaridan iborat boshqaruv kengashi ham quyidagicha shakllantirildi: ularning orasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, professor Abdug'affor Qirg‘izboyev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov, O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Gulbahor Ashurova, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti dotsenti Salimaxon Eshonova, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Muhammad Fuzuliy nomidagi Qo‘lyozmalar instituti ilmiy kotibi, dotsenti Azizog‘a Najafov, tadqiqotchi olimlar, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Karimulla Mammadzoda, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Tunzola Sayfullayeva, Turkiyadan esa Xalqaro turk tarixi va madaniyati vaqfining rahbari Nizomiddin Aykurt, olimlar, dotsent Fikri Aydemir, dotsent diktor Husayn Kaba, dotsent diktor Niyoziy Unver va boshqa olimlar o‘rin olgandir.

08.01.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint