Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg24
  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Qorabog‘da yangi tug‘ilgan quyosh” nomli fotolar ko‘rgazmasi tashkil etildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Oazrbayjon Madaniyat Markazining tashkilotchiligi asosida “Qorabog‘da yangi tug‘ilgan quyosh” nomli fotolar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Toshkentdagi Abdulla Qodiriy Xotira muzeyida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev, Ozarbayjon va Turkiya elchixonalarining diplomatlari, O‘zbekistonning madaniyat, fan va san’at xodimlari, olimlar, universitetlarning professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdilar.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining direktori Samir Abbasov ko‘rgazmaning ochilishida chiqish qilib, 2020-yilda 44 kunlik Vatan urushi natijasida 30 yilga yaqin Armaniston ishg‘oli ostida qolgan tuproqlarimiz Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati, armiyamizning jasorati bilan ozod qilinganini va Armaniston ishg‘olining og‘ir ahvoldagi natijalarini gapirib, bular haqida ma’lumot berdi. Diplomat har yil Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashkilotchiligi bilan o‘zbek jurnalistlarining, operatorlarining Ozarbayjonga, uning ishg‘oldan ozod etilgan mintaqalariga media-turlarning tashkil qilinganini qayd etib, o‘tgan yillar mobaynida Ozarbayjonda media-tur safari davomida bo‘lgan qardosh o‘lkaning jurnalistlari o‘lkamiz haqida o‘nlab televideniya ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlari, gazeta va saytlar uchun maqolalar tayyorlaganini gapфirdi.

Samir Abbasov “Qorabog‘da yangi tug‘ilgan quyosh” nomli fotolar ko‘rgazmasida O‘zbekistonning taniqli fotografi Husniddin Atoyev tashkil qilingan media-turda ishtirok etib, bosqindan ozod bo‘lgan hududlarimizni kezib, unikal suratlar olganini, hududlarni tasvirga muhrlaganini va ushbu suratlarning ko‘rgazmadan joy olganini bildirib o‘tdi.

Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev o‘lkalarimiz orasida bo‘lgan tarixiy do‘stlik aloqalari haqida gapirib, so‘nggi yillarda o‘lkalarimiz orasida hamkorlikning yanada yuksalib borayotganini ta’kidladi. Elchi Armanistonning xalqimizga qarshi tarixan ishg‘olchilik siyosatidan so‘z ochib, Kavkaz bilan birga, Markaziy Osiyoda ham arman dashnoqlarining qilgan qatli bedodlari, qirg‘inlari haqida ma’lumotlar berdi.

Ko‘rgazmada namoyish ettirilgan fotolarning muallifi, taniqli O‘zbek fotooperatori Husniddin Atoyev Ozarbayjonga tashkil etilgan media-tur haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Fotomuxbir Ozarbayjonning Armaniston ishg‘olidan ozod etilgan mintaqalarini ziyorat qilib, hayratlanganini va daxshatga tushganini so‘zlab berdi. Ag‘dam Fuzuliy va Shusha tumanlarida bo‘lgan Atoyev qayd etilgan hududlarda xuddiki kuchli darajada vayron qilguvchi zilzila sodir bo‘lganini, Ozarbayjon xalqi ming yillar davomida yaratgan shahar va qishloqlarining vayron qilinganini ta’kidlab, bular haqida gapirib berdi. Uning qayd etishi bo‘yicha, xorijlik jurnalistlar Ag‘damni “Ozarbayjonning Xirosimasi” deb bejizga aytishmaganlar.

Fotooperator Husniddin Atoyev ko‘rgazmaga qo‘yilgan suratlar umumiy suratlarning tanlangan bir qismi ekanini aytib, kelajakda u Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan birgalikda Ozarbayjonga va Qorabog‘ mavzusiga doir tasvirga muhrlangan suratlardan iborat yangi-yangi ko‘rgazmalarning tashkil etilishi rejalashtirilayotgani haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi tarixiy muzeyda “Qorabog‘da yangi tug‘ilgan quyosh” nomli fotolar ko‘rgazmasining namoyishi joriy yilning 27-fevraliga qadar davom etadi.

Tadbir davomida ishtirokchilar 2020-yilda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tayyorlangan Qorabog‘ burchagi bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu burchakka 5 tilda nashr etilgan "Shusha - turk dunyosining madaniyat poytaxti" nomli ensiklopedik kitob va O‘zbekistonda tayyorlangan pochta markasi hadya qilindi.

21.02.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint