XABARLAR 2024
Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada O‘zbekistondagi
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi
vakillari ham ishtirok etdi.
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Toshkent davlat transport universitetining “Turkiy davlatlarning o‘zaro manfaatli integratsiyasi – barqaror taraqqiyot kafolati” mavzusida tashkil etgan xalqaro ilmiy konferensiyasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi vakillari ham ishtirok etdi.
Konferensiyani kirish so‘zi bilan ochib bergan Toshkent davlat Transport universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Shaumarov Said so‘nggi yillarda turkiy dunyoda birgalikda qilingan amaliy ishlarning tarixan bir ildizga ega xalqlar, davlatlar orasida kelajak uchun eng muhim qadamlardan biri bo‘lganini ta’kidladi.
Keyinchalik chiqish qilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi birinchi kotibi Bobur Tog‘ayev O‘zbekiston Respublikasining xorijiy siyosatda turkiy tilli davlatlar bilan munosabatlarning yuksalishiga alohida e’tibori qaratilganini ta’kidlab, ushbu masala davlatning xorijiy siyosatida ustuvor masala bo‘lganini qayd etdi.
Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisining ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abubakir Oydin o‘z chiqishida turk xalqlarining tarixiy birligining zamonaviy turk davlatlari uchun namuna bo‘lishini, buyuk turkiy ziyoli, zamonaviy turkiy birlik idealogiyasining asoschisi Ismoil G‘aspiralining aytganidek: “Dilda, fikrda, amalda birlik” shiori asosiy shior bo‘lishi muhim ekanligini ta’kidladi.
Undan keyin chiqish qilgan Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Falsafa Instituti direktori, professor Ilhom Mammadzoda (onlayn) Turkiy davlatlar o‘rtasida eng muhim masala birlashish masalasi ekanligini va bu asosda boshqa sohalarda ham birgalikda faoliyat olib borish kerakligini aytib o‘tdi.
Tadbirda chiqish qilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Toshev ko‘pmillatli davlat bo‘lgan O‘zbekistonning butun xalqlarga bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lishini alohida ta’kidlab, O‘zbekistonda yashagan turkiy tilli xalqlarning bu o‘lkaning tarixida alohida o‘rin tutishini qayd etdi.
Undan keyin chiqish qilgan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi inspektori, filologiya bo‘yicha falsafa doktori Karimulla Mammadzoda Turkiy tilli davlatlar o‘rtasida asosiy to‘siqlardan biri umumiy til masalasi ekani, ta’lim va fan sohalaridagi aloqalar hech qanday darajada emasligi, oliy ta’lim muassasalarida o‘zaro talabalar, o‘qituvchilar almashinuvi muhimligini ta’kidladi. O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining Ozarbayjon-O‘zbekiston ilmiy, adabiy-madaniy aloqalarining rivojlanishida bir qancha loyihalarning amalga oshirganini va bu bilan bog‘liq amaliy ishlar qilinganini bildirib o‘tdi.
Boshqa chiqish qilganlar – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori Soifnazarov Ismoil, Kanadaning Britaniya Kolumbiya universiteti professori Dilsora Komil, Xalqaro Turkiy Akademiyasi hamkori, professor Abulfayz Sulaymonli, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti professori Asilbek Eshiyev va boshqalar Turkiy birlikning davlatlarimizning yuksalishi, kelajak avlodlarimizning istiqloli uchun muhimligi haqida so‘z ochdilar.
Xalqaro ilmiy konferensiya tushlikdan keyin onlayn va oflayn shakllarda sho‘balar asosida davom etdi.
02.04.2024