Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda Mammad Said O‘rdubodiy qalamiga mansub o‘zbek tilida nashr etilgan “Qilich va qalam” kitobining taqdimot marosimi o‘tkazildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Ozarbayjon klassik adabiyoti asarlarining tarjimasi va nashr qilish loyihasi doirasida buyuk yozuvchi Mammad Said O‘rdubodiyning “Qilich va qalam” tarixiy romanining o‘zbek tiliga qilingan tarjimasi nashrining taqdimoti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tdi.

Universitetdagi O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining tashkilotchiligi bilan tashkil etilgan tadbirni ushbu fakultet dekani, dotsent Feruza Barxanova ochib bergan holda, “Qilich va qalam” romanining o‘zbek tilida tarjimasi va nashri adabiyotshunoslik uchun katta bir hodisa bo‘lganini qayd etdi. F.Barxanova O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalarining Ozarbayjon adabiyoti, ayniqsa, Ozarbayjon klassik adabiyotiga katta qiziqishini ta’kidlab, “Qilich va qalam” romanining o‘zbek tilida nashrining muallim va talabalar uchun bu nuqtayi nazardan juda qimmatli darslik bo‘lishini qayd etdi.

Keyin chiqish qilgan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi inspektori Karimulla Mammadzoda ikki mamlakat orasida adabiy-madaniy aloqalardan so‘z ochib, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan bugunga qadar turli mavzularda ko‘plab asarning o‘zbek tilidagi tarjimasi nashr qilinganini alohida ta’kidlab gapirdi. Ozarbayjon Madaniyat Markazining qardosh mamlakatda olib borayotgan samarali faoliyati natijasida Ozarbayjon yozuvchilari asarlarining tarjimasi va nashri amalga oshirilganini qayd etgan notiq bu sohada katta ishlar ko‘rilganini ta’kidladi. Ozarbayjon va O‘zbek adabiyotining o‘zaro ta’siri natijasidagi yuksalishidan so‘z ochgan K.Mammadzoda har ikki davlat universitetlarining tegishli fakultetlarida bu sohaga alohida e’tibor qaratish muhimligi haqida ham fikr bildirdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining professori Qurdosh Qahramonov o‘zining boy o‘tmishiga ega bo‘lgan Ozarbayjon adabiyotining O‘zbek adabiyotshunosligida o‘rganilishi sohasida olib borilgan ishlardan so‘z yuritib, yetishib kelayotgan yangi, yosh adabiyotshunoslarning bu sohaga alohida e’tibor qaratishining muhimligini qayd etdi. Ozarbayjon klassik adabiyotining ikki buyuk siymosi bilan aloqador bo‘lgan “Qilich va qalam” romanining Ozarbayjon buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy haqida eng qimmatli badiiy manba bo‘lganini alohida ta’kidlagan Q.Qahramov asarning o‘zbek kitobxonlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinishini aytib o‘tdi.

Universitetning dotsenti Davron Qodirov Ozarbayjon klassik adabiyoti har ikki mamlakatning madaniyatida, musiqasida alohida o‘ringa ega bo‘lganini aytgan holda “Qilich va qalam” tarixiy romanining Ozarbayjon tarixining, madaniyatining, adabiyotining o‘rganilishi nuqtayi nazaridan juda qimmatli bir manba bo‘lganini ham bildirib o‘tdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti Mahbuba O‘rozboyeva ma’ruza bilan chiqish qilib, “Qilich va qalam” romani va asarning muallifi haqida talabalarga va tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berdi.

Tadbirning so‘nggida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining talabalari tomonidan Ozarbayjon klassikasiga doir she’riy chiqishlar qilindi.

Aytish mumkinki, Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatadigan “Niso nashriyot va matbaa uyi” poligrafiya markazida o‘zgacha dizayn bilan chop etilgan “Qilich va qalam” tarixiy romanini o‘zbek tiliga tarjima qilganlar – Nazira Aliyeva, Muhsin Hamidov va Rustam Komilov, nashrning redaktori va so‘zboshi muallifi esa O‘zbek olimi Abdulla Ulug‘ovdir.

O‘zbek tilida nashr qilingan ushbu “Qilich va qalam” tarixiy romanining Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan O‘zbekistonning yetakchi kutubxonalariga, oliy ta’lim muassasalariga bepul tarqatilishi nazarda tutilgan.

24.04.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint