Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda bo‘lib o‘tgan respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Ozarbayjon kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikada har yili tashkil etiladigan an’anaviy “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Toshkent shahrida joylashgan tarixiy “Turon” kutubxonasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashkilotchiligi bilan Ozarbayjon kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari dastavval kutubxonaning foyesida Ozarbayjon haqidagi kitoblardan iborat ko‘rgazma bilan tanishdilar.

Ushbu kutubxonaning ma’ruzalar zalida davom etgan tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan kutubxonaning tashkiliy masalalar bo‘yicha mas’ul xodimi Dilfuza Dursimatova O‘zbekistonda o‘tkaziladigan an’anaviy kitob haftaligi haqida ma’lumot berib, usbu munosabat bilan “Turon” kutubxonasi ham qator tadbirlar tashkil etganini va bu tadbirlar doirasida bir kun Ozarbayjon kitoblari ko‘rgazmasiga bag‘ishlanganini qayd etdi. D.Dursimatova “Turon” kutubxonasi bilan yaqin hamkorlik qilayotgani uchun, shuningdek bugungi ko‘rgazmaning tashkil etilishida qo‘llab-quvvatlagani uchun Ozarayjon Madaniyat Markaziga o‘z tashakkurini bildirdi.

Keyinchalik chiqish qilgan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori o‘rinbosari Nodir Alimirzayev qayd etilgan kitob bayrami munosabati bilan barchani tabriklab, bunday bir tashabbusning juda go‘zal an’ana bo‘lganini ta’kidladi. Ikki qardosh mamlakat o‘rtasida mavjud aloqalardan so‘z ochgan Nodir Alimirzayev davlat rahbarlari ushbu munosabatlar yuksak darajada davom etishi uchun alohida e’tibor qaratayotganini, shuningdek Ozarbayjon Respubikasi Prezidenti janob Ilhom Aliyevning olib borayotgan tashqi siyosatida qardosh turkiy tilli davlatlar bilan munosabatlar ustuvor bo‘lganini ta’kidladi. N.Alimirzayev Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan 100 dan ziyod o‘zbek tilidagi nashrlarning amalga oshirilganini bildirib, bu nashrlar O‘zbekiston kutubxonalariga bepul tarqatilganini, o‘zbek kitobxonlariga yetkazilganini ham ta’kidlab o‘tdi. “Turon” kutubxonasiga hamkorligi uchun minnatdorchiligini bildirgan Nodir Alimirzayev bundan keyin ham bu kutubxona bilan yaqin hamkorlikka doim tayyor ekanligini bildirdi.

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Madaniyat Markazi direktori Abdulqayim Akbarov O‘zbekiston bilan Ozarbayjon xalqlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan qadim va adabiy-madaniy aloqalardan so‘z ochib, bugungi kunda bu aloqalarning yanada yuksalayotgani haqida ham gapirdi. Ozarbayjonning boy madaniyati haqida so‘z yuritgan Abdulqayim Akbarov o‘zbek xalqining bu boy madaniyatga hamisha katta qiziqishi bo‘lganini aytib o‘tdi.

Chiqish qilgan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi inspektori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Karimulla Mammadzoda kitob insoniyat tarixida muhim ahamiyat kasb etishi, muhim o‘rin egallashini ta’kidlagan holda madaniyatning eng muhim bo‘lagi ekanligini ham qayd etib o‘tdi. Ozarbayjonning buyuk, daho shoiri Muhammad Fuzuliyning 530 yilligini keng nishonlash haqida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti janob Ilhom Aliyevning Farmoni imzolanganini alohida ta’kidlagan K.Mammadzoda ushbu munosabat bilan Ozarbayjon Madaniyat Markazi bir qancha loyihalar amalga oshirganini va bulardan eng muhimi daho shoirning asarlaridan iborat ikki jildlik kitob nashrga tayyorlanganini bildirdi.

Keyin chiqish qilgan shoira, jurnalist Nazira Oripova Ozarbayjon adabiyoti haqida so‘z yuritib, ko‘rgazmadagi kitoblar orasidan qimmatli asarlarning ham o‘rin olganini ta’kidladi.

Oxirda tadbir ishtirokchilarining istaklariga binoan Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan tarjima qilingan va chop etilgan, taniqli shoira, Qorabog‘ xonining qizi Xurshidbonu Notavon asarlaridan iborat “Xurshidga yetar boshim” (Günəşə çatar başım) nomli kitob haqida ham Karimulla Mammadzoda tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Aytish mumkinki, “Turon” kutubxonasi O‘zbekistonning tarixiy kutubxonasidir, ushbu kutubxonada Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi va tashkilotchiligi bilan Ozarbayjonga bag‘ishlangan doimiy burchak ham tashkil etilgandir.

26.04.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint