Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda ozarbayjonlik olimning oʻzbek tilida chop etilgan kitobining taqdimot marosimi oʻtkazildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining tashkilotchiligi, Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining ishtirokida filologiya fanlari doktori, dotsent Elchin Ibrohimovning "Turkiy xalqlarning umumiy alifbosi, imlosi va muloqot tili" (Türk xalqlarının ümumi əlifbası, imlası və əlaqə dili) nomli oʻzbek tilida nashr qilingan kitobining taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbirni kirish soʻzi bilan ochib bergan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasining direktori, filologiya fanlari doktori Azizjon Eminov Oʻzbekiston Respublikasidagi til siyosati haqida bahs yuritdi.

Azizjon Eminov Oʻzbekistonda ona tilining yuksak darajadagi ahamiyatini taʼkidlab, soʻnggi yillarda boshqa qardosh turkiy tillarga ham katta qiziqish boʻlayotganini gapirdi. Undan keyin chiqish qilgan Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida barcha sohalarda yoʻlga qoʻyilayotgan aloqalardan soʻz ochib, bu munosabatning butun turkiy dunyo uchun goʻzal bir namuna boʻlgani borasida soʻzladi. Elchin Ibrohimovning ushbu asarining turkiy tilli davlatlarda ona tilining foydalanilishi va rivojlanishi uchun juda muhim bir asar ekanini qayd etgan Karim Mammadzoda bu sohada koʻplab ishlar amalga oshirilishi kerakligini taʼkidladi.

Chiqish qilgan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi inspektori, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Karimulla Mammadzoda Turkiy dunyoning eng katta muammosi sifatida integratsiya tilining yoʻqligini taʼkidladi. K.Mammadzoda turkiy tillarning ommalashtirilishi, targʻiboti va oʻqitishning muhim ekanini qayd etgan holda, Ozarbayjon Madaniyat Markazining bu borada amalga oshirgan loyihalaridan soʻz ochdi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi va tashkilotchiligi bilan Oʻzbekistonning bir qator oliy taʼlim muassasalarida Ozarbayjon tilining oʻqitilishi boshlanganini taʼkidlagan K.Mammadzoda bu kabi ishlarning davomi borasida til oʻqitish darsliklari, soʻzlashuv kitoblari, lugʻatlarning chop etilganini, til kurslarining tashkil etilganini qayd etdi. Chiqish qilganlar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malakasi oshirish markazi direktori, dotsent Inomjon Azimov, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori Maʼrufjon Yoʻldoshev taqdimoti oʻtkazilgan nashrning Oʻzbekistonda aktual boʻlgan bir muammodan bahs yuritishini qayd etgan holda, bu asarning ona tilining istifoda qilinishi, imlosi va alifbosi masalalari boʻyicha izlanishlar olib borayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar, talabalar uchun juda qimmatli manba ekanini taʼkidlab oʻtishdi.

Oxirda chiqish qilgan muallif Elchin Ibrohimov asarning yuzaga kelishi zarurati va tarixidan soʻz ochib, kitobning Oʻzbekistonda nashrining ona tilining istifoda qilinishi sohasi boʻyicha mavjud muammolarning bartaraf etilishida kerakli manba boʻlishiga umid qilgani haqida gapirdi. Elchin Ibrohimov asarning yuzaga kelishida yaqindan yordam qilgan tashkilotlarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

21.05.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint