XABARLAR 2024
O‘zbekistonda Ozarbayjon Yoshlar kuniga bag‘ishlab tadbir
va konsert dasturi tashkillashtiriladi.
Ozarbayjon yoshlari endi 2-fevral sanasini – umummilliy lider Haydar Aliyev tomonidan ta’sis etilgan yoshlar kunini g‘olib mamlakatning g‘ururli vatandoshlari sifatida buyuk ruh yuksakligi bilan qayd etadilar.
Ozarbayjon davlati mamlakatda yoshlar siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshiradi, Prezident Ilhom Aliyev yoshlarga bo‘lgan munosabatini qayd etib, shunday deya so‘zlaydi: “Mening yoshlarga alohida munosabatim bor, mening yuragim hamisha siz bilan birgadir. Siz har bir ishda menga suyana olasiz. Men esa sizlarga suyanaman.”
Bugun Ozarbayjon yoshlari hayotimizning har bir sohasida faol bo‘lib, mamlakatning taraqqiyotida munosib ishtirok etadilar.
O‘zbekistonda ham davlat yoshlarga e’tibor beradi va qo‘llab-quvvatlaydi. Tasodif emaski, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qildi.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan joriy yil 2-fevral kunida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Ozarbayjon Diaspora bilan ishlash qo‘mitasining birgalikdagi loyihasi asosida Toshkentda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi binosida tadbir va konsert dasturi o‘tkaziladi.
Konsertda Ozarbayjondan taklif qilingan xalqaro musobaqalar laureatlari – yosh xonandalar Kanon Gadimov va Aynur Iskandarli, shuningdek Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon” nomli raqs ansamblining ishtiroki ham nazarda tutilgan. Tadbir doirasida Ozarbayjon Madaniyat Markazining foyesida “G‘alabaga olib borgan yo‘l” nomli foto-ko‘rgazma ishtirokchilarga taqdim qilinadi.
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Markaz yoshlar bilan yaqin hakorlik qiladi, ular uchun Markazda kurs va to‘garaklar tashkil qilingan bo‘lib, har yili yoshlar bilan bog‘liq juda ko‘plab loyihalar, musobaqalar o‘tkaziladi.
26.01.2024