XABARLAR 2024
O‘zbekistonda Ozarbayjon Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 106 yilligi nishonlandi.
O‘zbekiston poytaxtidagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida 26-iyun – Qurolli Kuchlar kuniga bag‘ishlangan rasmiy qabul o‘tkazildi.
Marosimda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev, boshqa o‘lkalarning elchilari, poytaxtdagi diplomatik tashkilotlarning harbiy qismlari, O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari Qodir Tursunov, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi hamkorlari, Ozarbayjon diasporasi a’zolari, jurnalistlar ishtirok etdilar.
Qabul marosimida dastavval Ozarbayjonning va O‘zbekistonning Davlat madhiyalari yangradi.
Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Harbiy Attashe Apparati rahbari, polkovnik Samir Afandiyev qabulga yig‘ilganlari salomlagan holda shuni bildirdiki, 26-iyun Ozarbayjon tarixining ahamiyat kasb etgan sahifalaridan biri – Milliy Armiyaning tashkil topgan kunidir. Bundan 106 yil avval Ozarbayjon Armiyasining tashkil topishi Milliy davlatchilik tarixining muhim bosqichlaridan biri sifatida tarixga kirdi. Mustaqil Ozarbayjon Armiyasining yuksalib, rivojlanib, yangi bosqichga qadam qo‘yishi xalqimizning Umummilliy lideri Haydar Aliyevning va uning munosib izdoshi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Ilhom Aliyevning nomlari bilan bog‘liqdir.
S.Afandiyev: “Bu kun Ozarbayjon armiyasi mustahkam moddiy-texnikaviy bazaga egadir va eng zamonaviy qurollar bilan ta’minlangan.
Oliy Bosh Qo‘mondonning sa’y-harakatlari natijasida Ozarbayjon armiyasi mintaqaning eng kuchli armiyalaridan biriga aylandi. 2020-yil 27-sentabr Armaniston bilan boshlangan va Ozarbayjonning g‘alabasi bilan yakunlangan 44 kunlik Vatan urushi nafaqat Ozarbayjonning tarixida, balki dunyo harbiy tarixida muhim iz qoldirdi. Tuproqlarimizning ozod qilinishi bilan bog‘liq amrga doim tayyor bo‘lgan Ozarbayjon armiyasi Vatan urushi kunlarida bir qadam ham ortga chekinmasdan dushmanga og‘ir zarbalar berdi va 44 kun ichida 30 yilga yaqin bosqin ostida qlgan tuproqlarimizni ozod qildi”, - deya o‘z fikrlarini bildirdi.
Harbiy Attashe Apparati rahbari, polkovnik Samir Afandiyev bildirdiki, hozirgi davrda Ozarbayjon davlati milliy va davlat manfaatlari yo‘lida xalqaro harbiy hamkorlikni muvaffaqiyat bilan davom ettirmoqda. Dunyoning harbiy analitik markazlari 44 kunlik Vatan urushida Ozarbayjon g‘alabasini tahlil qilmoqda, bir qancha davlatlarning harbiy idoralari armiyamizning tajribasidan o‘zlari uchun namuna sifatida foydalanmoqda.
Polkovnik Samir Afandiyev ta’kidladiki, Ozarbayjon Respublikasi xalqaro standartlarga mos ravishda harbiy infratuzilma rivojiga harbiy potensial mustahkamlanishining asosiy sharti sifatida qaraydi, uch tomonlama va ko‘p tomonlama harbiy hamkorlikka katta ahamiyat beradi.
U bildirdiki: “Qorabog‘ masalasining hal etilishida O‘zbekiston hamisha Ozarbayjonning adolatli mavqeyini qo‘llab-quvvatlagan va buning uchun biz O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz”.
Tadbirning badiiy qismida O‘zbekistonda tanilgan xonanda, yurtdoshimiz Ra’no Azizova bastakorlar va xalq qo‘shiqlarini, Ilhom Abdullayev esa sozda qadimiy kuylarni, Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon” raqs ansambli a’zolari esa milliy raqslarimizni ijro etdilar.
Tadbir so‘nggida mehmonlar uchun ziyofat tashkil etildi.
25.06.2024