XABARLAR 2024
“Vikipediya” xalqaro elektron ensiklopediyasining “O‘zbekcha Vikipediya” sahifasida Ozarbayjon mumtoz shoiri Mirzo Shafi Vazeh haqida o‘zbek tilida maqola yaratildi.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan “Vikipediya” xalqaro elektron ensiklopediyasining “O‘zbekcha Vikipediya” sahifasida Ozarbayjon mumtoz adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri ma’rifatparvar ziyoli, shoir va mutafakkir Mirzo Shafi Vazeh haqida o‘zbek tilida “Mirzo Shafi Vazeh” maqolasi yaratildi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Vikipediya” xodimlari tomonidan yaratilgan maqolada shoir hayoti, ijodi, Ozarbayjon adabiyoti va milliy mafkurasiga qo‘shgan hissasi, ma’rifiy faoliyati va boshqa ma’lumotlar kiritilgan.
Hammasi bo‘lib 12 bo‘lim va boy adabiyotlar ro‘yxati va havolalardan iborat ushbu viki-maqolada Mirzo Shafi Vazeh hayoti va faoliyati haqida keng qamrovli va ko‘plab ma’lumotlar mavjud.
Maqolada Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri, xattot, ma’rifatparvar va pedagog Mirzo Shafi “Vazeh” taxallusi bilan ham Ozarbayjon, ham fors tillarida she’rlar yozib, she’riyatimiz an’analarini rivojlantirgani qayd etilgan. Bundan tashqari, keng ko‘lamli pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan Mirzo Shafi Tbilisida Ozarbayjon va fors tillaridan saboq bergan, Ozarbayjon kelajagi uchun ziyolilarni tarbiyalagan. Mirzo Shafi rus tili oʻqituvchisi Ivan Grigoryev bilan birgalikda Ozarbayjon sheʼriyatining ilk adabiy antologiyasini va Tbilisi gimnaziyasi uchun “Tatarcha-ruscha lugʻat” tuzib chiqqan.
Mirzo Shafi o‘z davrining taniqli ma’rifatparvar ziyolilari, shoir va yozuvchilari bilan yaqin aloqada bo‘lgani, ijodi nafaqat Ozarbayjonda, balki Yevropada ham mashhur bo‘lganligi, asarlari rus va nemis tillariga tarjima qilingani, she’rlariga Yevropa kompozitorlari tomonidan musiqa bastalanganligi haqida ham so‘z boradi. Mirzo Shafi Vazeh o‘zining ajoyib, betakror ijodi bilan Ozarbayjon she’riyati va san’atiga ta’sir ko‘rsatdi.
“Vikipediya” elektron ensiklopediyasida Mirzo Shafi Vazehning oʻzbek tilidagi maqolasi bilan havolasi orqali tanishishingiz mumkin.
12.08.2024