XABARLAR 2024
Samarqandda o‘tkazilgan “Sharq taronalari” XIII Xalqaro musiqa festivalida Ozarbayjon davlati vakillari ham ishtirok etadi.
2024-yilning 26-30-avgust kunlarida O‘zbekistonning Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XIII Xalqaro musiqa festivalida o‘tkazilmoqda. Markaziy Osiyoning eng buyuk san’at loyihalaridan biri bo‘lgan festival YUNESKO va AYSESKO tashkilotlarining shafeligida o‘tkazilmoqda.
Festivalning maqsadi milliy musiqa san’atidagi muvaffaqiyatlarni, shuningdek, xalqlarning madaniyatini va odat-an’analarini tanitmoq va yuksaltirmoq, musiqa va xonandalik sohasida iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlamoq, xalqaro ijodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro tolerantlik g‘oyalarini targ‘ib qilmoqlikdir.
1997-yildan boshlab o‘tkazib kelinadigan ushbu festivalda jami 75 ta davlatdan musiqiy jamoalar va ijrochilar ishtirok etganlar.
Avgustning 26-kunida Samarqand shahrida festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Toshkentda akkredatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, 300 dan ortiq o‘lkadan 80 ga yaqin xorijiy mehmon, O‘zbekiston Respublikasining rasmiylari, Ozarbayjonn Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murod Husaynov, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari, shuningdek, O‘zbekistonda akkredatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ham ishtirok etishdi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chiqish qildi.
Davlat rahbari pandemiya tufayli besh yillik tanaffusdan keyin o‘tkazilayotgan “Sharq taronalari” XIII Xalqaro musiqa festivali musiqa san’atining namoyandalari va uning shinavandalari tomonidan intiqlik bilan kutilganini ta’kidlab o‘tdi. Aytish kerakki, bu yilgi festival har bir tashrif buyuruvchini yangicha ruh va ulug‘vorlik bilan qarshi olmoqda.
Festival doirasida avgustning 27-28-kunlarida “Sharq xalqlarining musiqiy madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham tashkil etiladi.
Festival ishtirokchilarining xalqaro hakamlar hay’ati oldidagi chiqishlari uch kun (27-29-avgust) davom etadi. Baholash jarayonida esa ishtirokchining ijro darajasi va qo‘shiqlar bilan birga, qo‘shiq so‘zlarining (she’rlarining) ohang va mazmuni, ishtirokchining kiyinish uslubi va sahnada o‘zini tutishi ham inobatga olinadi.
Musiqa festivalining tantanali yopilish marosimida oʻlkamizni tamsil qilgan taniqli xonanda, respublika va xalqaro tanlovlar laureati Miralam Miralamov, uning ijrolariga hamrohlik qilgan sozandalar guruhi - tor cholgʻuchisi Zaki Valiyev, kamoncha cholgʻuchisi Elnur Mikayilov, nogʻora cholgʻuchisi Komron Karimov, ud cholgʻuchisi Idris Husaynov va balaban cholgʻuchisi Anar Valizoda "Gran-Pri" mukofotiga loyiq koʻrildilar. Ularning chiqishi hakamlar hayʼatining va ishtirokchilarning katta qiziqishiga sabab boʻldi.
Aytish mumkinki, “Sharq taronalari” festivali har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. O‘lkamizdan xonanda Simara Imanova ilk festivalda (1997) va torchi Sohib Poshozoda XI festivalda (2017) Grand-Pri mukofotiga loyiq ko‘rilganlar. Turli yillarda o‘lkamizdan bir nech
29.08.2024