XABARLAR 2024
O‘zbekiston-Ozarbayjon: Yoshlar Ipak Yo‘li Iqlim Forumi
Toshkentda o‘z ishini boshladi.
Ozarbayjon Yoshlar jamg‘armasi ko‘magi, “Gizilbash” Yoshlar ta’limi jamoat birlashmasi va O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining birgalikdagi tashkilotchiligi bilan “O‘zbekiston-Ozarbayjon: Yoshlar Ipak Yo‘li Iqlim Forumi” o‘z ishini boshladi.
Forumda ishtirok etish uchun Ozarbayjondan O‘zbekistonga safar qilgan loyiha rahbari, “Gizilbash” Yoshlar ta’limi jamoat birlashmasi ijrochi direktori Oqil Alaskar, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati Nagif Hamzayev, Ozarbayjon Yoshlar jamg‘armasi vakillari Emil Yusifov va Zaur Usmonov, “Vataninfo” sayti bosh muharriri Nahid Jonbaxshli, shuningdek Yoshlarning Yuksalish va Karyera Markazi vakillari Nahib Badalov va Famil Mammadov avval ulug‘ yo‘lboshchi Haydar Aliyevning Toshkentdagi yodgorligini ziyorat qildilar.
Delegatsiya Ozarbayjonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Husayn Guliyev bilan uchrashdi. Samimiy sharoitda o‘tgan suhbatda Husayn Guliyev forumning Ozarbayjon va O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatiga e’tibor qaratdi va forum ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.
So‘ngra delegatsiya a’zolari O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazini ziyorat qildi, u yerda Ozarbayjon bilan bog‘liq madaniy faoliyatlar bilan tanishdilar. Markazning direktor o‘rinbosari Nodir Alimirzayev mehmonlarni madaniyat markazining faoliyati bilan tanishtirdi.
Undan keyin O‘zbekiston Hamkorlar Ittifoqida Xusayn Elmatovning tashkilotchiligi bilan O‘zbekistonning jamiyat vakillari va media rahbarlari bilan forum delegatsiyasi o‘rtasida keng uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Ozarbayjon-O‘zbekiston o‘zaro media aloqalari, ekologik muammolarning hal etilishi bilan bog‘liq muzokaralar olib bordilar.
Oxirda ishtirokchilar esdalik uchun suratga tushishdi.
Qayd etish kerakki, forum ishini Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davom ettiradi.
17.10.2024