XABARLAR 2024
Toshkentda “O‘zbekiston-Ozarbayjon: Yoshlar Ipak yo‘li iqlim forumi” bo‘lib o‘tdi
Ozarbayjon Yoshlar jamg‘armasining ko‘magi, “Gizilbash” Yoshlar ta’limi jamoat birlashmasi va Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazining birgalikdagi tashkilotchiligi bilan Toshkentda “O‘zbekiston-Ozarbayjon: Yoshlar Ipak yo‘li iqlim forumi” o‘tkazildi.
Iqlim forumi O‘zbekistonning Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tdi.
Forumdan avval ishtirokchilar O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan universitetda yaratilgan Ozarbayjonning daho shoiri Muhammad Fuzuliyning nomini olgan Ozarbayjon Madaniyat, Tahsil va Tadqiqotlar Markazi bilan yaqindan tanishdilar.
Keyin forum ochiq deya e’lon qilindi. O‘zbekiston va Ozarbayjonning davlat madhiyalari yangragach, Vatan orzusida jonlarini fido qilgan shahidlarning aziz xotirasi bir daqiqalik sukut ila yodga olindi.
Mezbonlik qilayotgan universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova mehmonlarni salomlagan holda o‘tkazilayotgan xalqaro forumning Ozarbayjon-O‘zbekiston qardoshligini yanada mustahkamlashga turtki berajagini bildirdi. U bunday bir mo‘tabar tadbirga mezbonlik qilayotganliklari uchun mamnun ekanini aytib o‘tdi.
Undan keyin chiqish qilgan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining direktor o‘rinbosari Nodir Alimirzayev Turkistonda kuzatilayotgan iqlim muammolariga parallel ravishda bunday tadbirning O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani yanada katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Loyiha rahbari, “Gizilbash” Yoshlar ta’limi jamoat birlashmasi ijrochi direktori Oqil Alaskar o‘z chiqishida Ozarbayjonning 30 yil arman bosqini ostida qolgan hududlarida bosqinchi davlat tomonidan ekologik terrorchilik harakati amalga oshirilganiga e’tibor qaratdi.
Loyihani amalga oshirish maqsadlaridan so‘z ochgan Oqil Alaskar 2024-yilning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan “Yashil dunyo uchun birdamlik yili” deya e’lon qilinganini aytib, Ozarbayjonning COP29 kabi katta nufuzga ega tadbirga mezbonlik qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Ochilish marosimidan keyin protokol chiqishlariga navbat berildi.
Ozarbayjonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Husayn Guliyev “O‘zbekiston-Ozarbayjon: Yoshlar Ipak yo‘li iqlim forumi” ishtirokchilarini salomlagan holda, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2024-yilni “Yashil dunyo uchun birdamlik yili” deya e’lon etganini va bu borada turli tadbirlar o‘tkazilayotganini bildirdi. Xabaringiz bor, Ozarbayjonda juda muhim COP29 tadbirlariga tayyorgarlik ketmoqda, bu tadbirla bog‘liq o‘lkamizga 100 dan ortiq mamlakatdan yuqori darajali vakillarining kelishi kutilmoqda. Bugungi forum o‘tkazilishining asosiy maqsadlardan biri ham COP29 tadbiriga tayyorgarlikdir.
44 kunlik Vatan urushidan keyin bosqindan ozod etilgan hududlarda qurilish-barpo ishlaridan so‘z yuritgan elchi qayd etdiki, Qorabog‘da shaharlar, qishloqlar, tarix va madaniyat yodgorliklarining, masjidlarning mahv etilishi bilan birga mintaqaning ekologiyasiga ham jiddiy ziyon yetkazilgan. Hozirda Ozarbayjon bu borada ham muhim ishlarni amalga oshirmoqda.
Keyin Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati Nagif Hamzayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Gulbahor Saidg‘aniyeva, Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar jam‘armasi Yoshlar tashkilotlari bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi Emil Yusifov va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Mahfuza Ortiqova chiqish qilib, Ozarbayjon va O‘zbekistonning iqlim siyosati haqida so‘z yuritdilar.
Chiqish qilganlar har ikki davlat tomonidan qayd etilgan sohada ko‘rilgan ishlarning boshqa mamlakatlarga ham namuna bo‘lganini bildirdilar. Ozarbayjonda o‘tkaziladigan COP29 tadbirining ahamiyatiga to‘xtalganlar rasmiy Bokuning bu mo‘tabar tadbirni yuksak darajada tashkil etishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlab o‘tdilar.
Keyinchalik esa COP29 bilan bog‘liq qisqa videorolik namoyish etildi.
O‘zbekistonning Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, professor Nurboy Jabborovning moderatorligi bilan o‘tkazilgan “O‘zbekiston-Ozarbayjon: iqlim uchun birlashaylik” panelida Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar jamg‘armasi vakili Zaur Usmanov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligining Ekologiya Diplomatiya Departamenti raisi Elyor Norpo‘latov, Qorabog‘ g‘oziysi, jurnalist Nahid Jonbaxshli va Yoshlarning Yuksalish va Karyera Markazi koordinatori Famil Mammadov forumda ilgari surilgan mavzularni muzokara qildilar.
Oxirda ishtirokchilar diplomlar bilan taqdirlandi va esdalik uchun suratga tushildi.
Qayd etish kerakki, forum o‘z ishini “Yashil dunyo uchun” ko‘rgazmasi bilan davom ettiradi. 17-oktabrda ochilgan ko‘rgazma ikki kun davom etadi. Bundan tashqari, Forum delegatsiyasi O‘zbekistonda vatandosh jamiyati va davlat rasmiylari bilan uchrashuvlarni davom ettiradi.
15.10.2024