XABARLAR 2024
Ozarbayjonlik tilshunoslar Oʻzbek tiliga bagʻishlangan
konferensiyada ishtirok etdilar.
Nasimiy nomidagi Tilshunoslik Institutining Ozarbayjon tili tarixi shoʻbasi mudiri, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Hadicha Xaydarova 16-oktabrda Oʻzbekistonning Navoiy nomidagi Pedagogika Institutining Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasida va Oʻzbekiston Milliy universitetida oʻtkazilgan konferensiyada oʻz maʼruzalari bilan chiqish qildi.
Bu haqida Hadicha Xaydarova Oʻzbekiston televideniya kanallariga intervyu berdi. 17-18-oktabr kunlarida Oʻzbekiston Milliy universitetida oʻtkazilgan "Oʻzbek tili oʻqitilishi boʻyicha tadqiqotlar" nomli konferensiyasida Madaniyat Markazining xodimi ham ishtirok etdi.
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining mehmoni boʻlgan Hadicha Xaydarova Markaz bilan tanishgach, muallifi boʻlgan "Haydar Aliyev siyosiy tilining lugʻati" asarini markazning direktor oʻrinbosari Nodir Alimirzayevga sovgʻa qildi.
15.10.2024