Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2024

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari
bilan uchrashuv o‘tkazildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida O‘zbekistonning oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU), O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU), O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘DJTU), Termiz davlat universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuvning maqsadi bu universitetlarda Ozarbayjon tilining o‘qitilishi va targ‘iboti bilan bog‘liq turli loyihalarning, ma’ruzalarning, ochiq darslarning amalga oshirilishi uchun qo‘yiladigan qadamlarni muzokara qilishdan iborat bo‘lgan.

Markazning direktor o‘rinbosari Nodir Alimirzayev ishtirokchilarni salomlab, markazning faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. U Ozarbayjon va O‘zbek xalqlarining qadimiy ildizlarga molik ekanini va bu ildizlarga asoslangan qardoshlik muosabatlarining bugun ham yuksak darajada ekanini aytdi. Ikki qardosh mamlakat o‘rtasida madaniy, siyosiy, iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishida Ozarbayjon va O‘zbekiston prezidentlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning buyuk xizmatlaridan so‘z ochgan N.Alimirzayev bu borada har ikki tomondan muvofiq davlat tashkilotlarining, universitetlarining, jamoatchilikning, vatandoshlarning ham muayyan xizmatlarining borligini ta’kidladi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Xalqaro aloqalar sho‘basi mudiri Adolat Kenjayeva chiqish qilib, ilk navbatda bu uchrashuvning o‘tkazilayotgani uchun Madaniyat Markaziga o‘z tashakkurini bildirdi. Kelgusidagi hamkorlikdan buyuk mamnunlik tuyganini bildirgan A.Kenjayeva Ozarbayjon madaniyati, tarixi, san’ati borasida bu yerda olgan ma’lumotlari ular uchun juda foydali bo‘lishini ta’kidladilar. So‘ngra uchrashuvda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar delegatsiyasi bu uchrashuvning ularning Ozarbayjon haqidagi ma’lumotlarining yanada ko‘payishiga sabab bo‘lishini bildirdilar.

Uchrashuvda ishtirok etgan Davlat Til Komissiyasi huzuridagi Monitoring Markazi xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Matonat Xudiyeva 2023-yildan Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon tilining o‘qitilishi va targ‘iboti” loyihasi asosida TDSHU va TDPU da Ozarbayjon tilining o‘qitilishi haqida ma’lumot berib, bu loyihaning asosiy maqsadi Ozarbayjon-O‘zbek xalqlari orasida do‘stlik va qardoshlik munosabatlarining mustahkamlanishi, shuningdek Ozarbayjon tili va adabiyotining xalqaro maydonda nufuzining yuksalishi ishiga hissa qo‘shish ekanini aytib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari Madaniyat Markazida faoliyat ko‘rsatgan Haydar Aliyev muzeyi, Ozarbayjon-O‘zbekiston Do‘stlik muzeyi, Ozarbayjonning Davlatchilik Tarixi muzeyi va Gilamlar muzeylarini tomosha qilib, u yerda bo‘lgan eksponatlar bilan, har ikki mamlakat tarixi va madaniyatini aks ettirgan kitoblar bilan, musiqa asboblari, milliy kiyimlar va boshqa ko‘rgazmalar bilan tanishdilar.

Professor-o‘qituvchilar delegatsiyasiga shuningdek Madaniyat Markazi tomonidan tayyorlangan “Ozarbayjonni taniylik” nomli videorolik ham namoyish etildi.

23.10.2024

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint