XABARLAR 2024
Oʻzbekistonlik jurnalistlar bosqindan ozod etilgan hududlarimizga safar qildilar.
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi va loyihasi bilan 21-oktabrdan 25-oktabrgacha Oʻzbek matbuoti namoyandalarining oʻlkamizga media-turi tashkil etildi.
Markazdan bildirildiki, media-tur ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Shusha, Agʻdam, Lochin va Zangilon tumanlarida boʻlib, mazkur hududlardan materiallar, maqolalar va videoroliklar tayyorlaganlar. Media-tur Ozarbayjon Respublikasida "Yashil dunyo uchun birdamlik yili" va AYSESKO tashkiloti tomonidan Shusha shahrining 2024-yil uchun "Islom dunyosining madaniyat poytaxti" sifatida eʼlon qilingani munosabati bilan tashkil etildi.
Media-turda Oʻzbekiston Davlat Milliy Teleradiokompaniyasining "Oʻzbekiston tarixi" telekanali, "Ikbol TV" telekanalining jurnalistlari, Oʻzbekistondagi Kun.uz va Aniq.uz internet saytlarining muxbirlari ishtirok etdi. Media-turning tashkil etilishidan asosiy maqsad Ozarbayjonning erishgan yutuqlari, madaniyat va turizm sohasi, Armanistonning bosqinchilik siyosati va ishgʻoldan ozod qilingan hududlarimizda uyushtirgan vayronagarchilik va vandalizm aktlari, shahar va qishloqlarimizning, milliy madaniy merosimizning vayron etilishi, bu hududlarda davlatimiz tomonidan olib borilgan qurilish-barpo ishlari, tarixiy obidalar bilan tanishish, minadan tozalash amaliyoti va shu kabi ishlar haqida Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo jamoatchiligiga maʼlumotlar berishdan iboratdir.
Media-tur davomida delegatsiya Agʻdam tumanida Ozarbayjon Respublikasining Minadan Tozalash Agentligining Agʻdam tumanidagi faoliyati bilan tanishuv, Agʻdam Imorat Kompleksining ziyorati, Fuzuliy tumanida Oʻzbekiston davlatining loyihasi bilan bunyod etilgan Mirzo Ulugʻbek nomli 1-son oʻrta maktabiga safari tashkil etildi.
Bundan tashqari, safar doirasida Zangilon tumanining Agʻali qishlogʻida amalga oshirilgan "Aqlli qishloq" ("Ağıllı kənd") loyihasi bilan tanishuv, turfa goʻzalligi va boy tabiiy resurslari va katta turistik potensiali boʻlgan Lochin tumanida, shuningdek Shusha shahrida Jidir adiri, Mulla Panoh Voqif maqbarasi va Shusha qalʼasida syomkalar olib borildi.
24.10.2024